​​Pora olmaydigan sudya. Uning yillik maoshi qanchaligini bilasizmi?

​​Pora olmaydigan sudya. Uning yillik maoshi qanchaligini bilasizmi?

«Yil jurnalisti» mukofotidan mukofot topshiriladigan kunda mahrum etilgan «Gazeta.uz» jurnalisti Nikita Makarenko yaqinda AQShda bo‘lib qaytdi, deb yozadi "Daryo" nashri. U shunchaki sayohat qilgani yo‘q, balki Amerikaning bugungi kuni, bugungi hayoti haqida reportajlar tayyorlagan. Kecha shunday reportajlardan biri e’lon qilindi. U asosan Michigan shtati sudyasi Pol Denenfeld (suratda) va uning yordamchisi Adam Komarning intervyusidan iborat.

Sudya Pol Denenfeld: Mening maoshim — bu ochiq axborot. U internetda ochiq ko‘rinib turadi. O‘z vaqtida biz yillab hayotiy ehtiyojlarimizni qondira oladigan darajada yetarli pul olmaganmiz, lekin hozir shunday maosh olyapmiz. Mening maoshim yiliga 143 ming dollar (oyiga taxminan 12 ming dollar). Barcha sudyalarning maoshlari ma’lum va ochiq. Va har bir fuqaro ma’muriyat/hukumatga so‘rov yo‘llab, istalgan amaldorlarning maoshi haqida axborot olishi mumkin.

Agar siz amaldor halol bo‘lishini istasangiz, unga yetarli miqdorda maosh to‘lashingiz kerak. Men sudya sifatida o‘z mablag‘larim harakati haqida to‘liq hisobot beraman va bu hisobot ochiq foydalanuvda ko‘rinib turadi. Agar biror bir boshqa manbadan, deylik, o‘qituvchilik faoliyatidan daromadim bo‘lsa, uni ham ko‘rsatishim shart. Biz juda shaffofmiz va shunday bo‘lishimiz ham kerak. Jamiyat sudyaning ishi sud qilish ekanligi va u pul topish tomon chalg‘ib ketmasligi kerakligini bilishi kerak.

Maoshim borasida shikoyat yo‘q. Xarajatlarimni qoplashga qurbim yetadi va menga pora kerak emas. Lekin shuni ham aytishim joizki, sudyaning ishi og‘ir. Bizda 20 kunlik mehnat ta’tili bor. Men yana 10 kun qo‘shimcha ta’til so‘rashim mumkin, lekin unday qilmayman. Sudimiz juda band. Men dam olish kunlari ham ishlayman, uyda. Ish tanaffussiz davom etadi.

Nikita Makarenkoning qo‘shimcha qilishicha, AQSh federal okrug sudyasi maoshi Polnikidan ham ko‘proq — yiliga 208 ming dollar (bu ma’lumot AQSh Oliy sudi saytida yozib qo‘yilgan). O‘zbekistondagi sudyalarning maoshi rasmiy saytlarda ko‘rsatilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!