Polsha va Levandovski JCH-2022'da Ukrainani qo‘llab-quvvatlaydi

Polsha va Levandovski JCH-2022'da Ukrainani qo‘llab-quvvatlaydi

"Barselona" va Polsha terma jamoasi hujumchisi Robert Levandovski JCH-2022da Ukraina bayrog‘i rangidagi sardorlik bog‘ichida o‘ynashini ma’lum qildi. Hujumchiga bog‘ichni Ukraina terma jamoasining sobiq sardori Andrey Shevchenko sovg‘a qildi.

"Rahmat, Andrey. Siz bilan tanishganimdan xursandman! Jahon chempionatida Ukraina bayrog‘i rangidagi sardorlik bog‘ichini taqish men uchun sharafdir", - deb yozdi Levandovski ijtimoiy tarmog‘ida Shevchenko bilan birga tushgan suratni joylashtirgan holda.

2022 yilgi jahon chempionatida Polsha Meksika, Argentina va Saudiya Arabistoni terma jamoalari bilan birga C guruhida ishtirok etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!