Polsha Ukrainaga sakkizta Krab o‘ziyurar qurolini beradi

Polsha Ukrainaga sakkizta Krab o‘ziyurar qurolini beradi

Polsha Ukrainaga sakkizta Krab o‘ziyurar gaubitsalarini beradi, deb xabar bermoqda Polskie Radio.

"Ukraina bilan iyun oyida imzolangan shartnoma bo‘yicha sakkizta "Krab" gaubitsalari allaqachon oluvchiga topshirishga tayyor", deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, oxirgi rasmiyatchiliklar yakunlangach, gaubitsalar Ukrainaga topshiriladi.

Avvalroq Ukraina mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov G‘arb qurol ishlab chiqaruvchilariga Ukraina hududidan yangi qurollarni sinovdan o‘tkazish uchun maydon sifatida foydalanishni taklif qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!