Pokistonda poyezd relsdan chiqib ketdi

Pokistonda poyezd relsdan chiqib ketdi

Yakshanba kuni tongda Pokiston janubida Lahorga ketayotgan poyezdning sakkizta vagoni relsdan chiqib ketdi. Oqibatda, kamida bitta yo‘lovchi halok bo‘ldi va 40 kishi jarohat oldi.

“Ushbu baxtsiz hodisa Sindh viloyatining janubidagi Rohri va Sangi stansiyalari o‘rtasida sodir bo‘lgan bo‘lib, u har ikki yo‘nalishda ham temir yo‘l harakatining vaqtincha to‘xtatilishiga sabab bo‘lgan” deydi temir yo‘l rasmiysi Kamran Lashari.

Vagonlarning relsdan chiqib ketishiga nima sabab bo‘lganligi hozircha aniq emas. Temiryo‘l vaziri A’zam Savati ushbu holat sababi tekshirilayotgani va hukumat vafot etgan ayolning oila a’zolariga, shuningdek, barcha jarohatlanganlarga tovon puli to‘lashini ma’lum qildi.

Pokistonda poyezdlar bilan bog‘liq avariyalar tez-tez yuz beradi. Mamlakat hukumati temiryo‘llarning infratuzilmasi, jumladan eskirgan yo‘llarni takomillashtirishga kam e’tibor berishi ham bunga sabab bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!