Pokiston va Hindiston o‘rtasida yana qonli to‘qnashuv sodir bo‘ldi

Pokiston va Hindiston o‘rtasida yana qonli to‘qnashuv sodir bo‘ldi

Shanba kuni Hindiston va Pokiston chegarlarida navbatdagi otishmalar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Arab news xabar bermoqda.

Ikki dushman  mamlakat o‘rtasida1947 yilda mustaqillikka erishganidan so‘ng bo‘lingan Himolaydagi  bahsli  chegara hududi  qo‘shni  davlatlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarning asosiy sababidir.

“Otishmalar davom etmoqda»,  dedi Hindiston hukumatining yuqori lavozimli amaldori va u yerdagi vaziyat og‘irligini ma’lum qildi. Bir hind askari halok bo‘lgan. Pokiston bu haqida darhol izoh bermadi.

Pokiston va Xitoy 1971 yil Hind-Pokiston urushidan beri birinchi marta BMT Xavfsizlik Kengashi orqali Kashmir masalasini yopiq eshiklar ortida muhokama qilishga muvaffaq bo‘ldi.

Shanba kuni Pokiston Bosh vaziri Imron Xon yig‘ilishda qatnashar ekan,  «Kashmirliklar azoblanishini tugatish va nizoning hal etilishini ta’minlash  jahon darajasidagi tashkilotlarning vazifasi» ekanligini aytdi. Aksincha, Dehli esa ushbu fikrlarni rad etdi va mazkur hududning masalalari faqat ichki ishlar qatoriga kirishini ta’kidladi.

«Hayotimizni qanday boshqarish kerakligini aytish uchun bizga xalqaro tashkilotlar  kerak emas.  Biz milliarddan ortiq aholiga ega mamlakatmiz»,  dedi Hindistonning BMTdagi elchisi Sayid Akbaruddin.

AQSh prezidenti Donald Tramp tomonlarni masalani tinch yo‘l bilan hal qilishga chaqirdi. Xususan, u Pokiston rahbari Imron Xon bilan telefon orqali muloqot o‘tkazib, unga muammoga muzokaralar orqali barham berish kerakligini tushuntirdi.

 

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!