Peskov Putinning Ostonaga safari haqidagi savolga javob berdi

Peskov Putinning Ostonaga safari haqidagi savolga javob berdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning oktyabr oyida Qozog‘istonga tashrif buyurushi haqida gapirishga hali erta, dedi uning matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarning tegishli savollariga javob berar ekan. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirdi.

Avvalroq, Rossiya prezidentining xalqaro masalalar bo‘yicha yordamchisi Yuriy Ushakov Putin oktyabr oyida Ostonada Osiyoda hamkorlik va ishonch chora-tadbirlari bo‘yicha yig‘ilishda hamda MDH davlatlari rahbarlarining “Markaziy Osiyo – Rossiya” formatidagi sammitida ishtirok etishini ma’lum qilgandi. Jurnalistlar ushbu safar rejalari o‘zgargan yoki o‘zgarmaganligiga qiziqdi.

“Yo‘q, hech qanday rejalar o‘zgarmadi. Biz ma’lum bir vaqtda hammasini e’lon qilamiz. Aytishim mumkinki, hozircha rejalar o‘zgarmagan”, - dedi u.

Ma’lumot uchun, 14 oktyabr kuni Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida oliy darajadagi “Markaziy Osiyo – Rossiya” sammiti va MDH davlatlari rahbarlari kengashi majlisi bo‘lib o‘tdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!