Peskov Britaniyaning Ukrainaga berayotgan tanklari yonib ketishini aytdi

Peskov Britaniyaning Ukrainaga berayotgan tanklari yonib ketishini aytdi

Buyuk Britaniya tomonidan yetkazib berilishi rejalashtirilayotgan "Challenger 2" tanklari ham boshqalari kabi yonib ketadi, maxsus operasiya maqsadlariga erishiladi, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

“Maxsus harbiy operasiya davom etadi. Bu tanklar ham xuddi qolganlari kabi yonmoqda va yonishda davom etadi. Maxsus harbiy operasiyaning maqsadlariga erishiladi va ular amalga oshiriladi”, - dedi Peskov.

Avvalroq Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunakning idorasi Buyuk Britaniya yaqin haftalarda Ukrainaga 14 ta "Challenger 2" tankini topshirishini, yaqin kunlarda ukrainalik harbiylarni ulardan foydalanishga o‘rgatish boshlanishini ma’lum qilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!