Perudagi zilzila olti kishining hayotiga zomin bo‘ldi
Peruda 5,1 magnitudali zilzila oqibatida kamida olti kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda mamlakat bosh vaziri Luis Arroyo Sanches halok bo‘lganlar haqida xabar berdi.
"Afsuski, olti kishi halok bo‘ldi. Biz allaqachon ularning oilalariga hamdardlik bildirdik va eng ko‘p zarar ko‘rgan bir nechta hududlarga tashrif buyurdik", dedi u RPP radiosida.
Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, 250 dan ortiq turar-joy binolari shikastlangan, yana 48 tasi butunlay vayron bo‘lgan.
Peru Geofizika instituti ma’lumotlariga ko‘ra, 5,1 magnitudali zilzila mahalliy vaqt bilan shanba kuni kechqurun, mamlakatning markaziy qismida joylashgan Junin departamentidagi Chupasa shahridan 7 kilometr janubda sodir bo‘lgan. Zilzila episentri 24 kilometr chuqurlikda bo‘lgan.
