Pentagon rahbari: AQShda Ukraina uchun "sehrli" qurol yo‘q

AQSh Rossiya bilan ziddiyatda Ukraina uchun “sehrli tayoqcha”ga ega emas, dedi Pentagon rahbari Lloyd Ostin.
Bu haqda “STRANA.ua” nashri xabar bermoqda.
"Bunday mojaroda "sehrli tayoqcha" bo‘ladigan qurol yo‘q", dedi Pentagon rahbari.
Shu bilan birga, u Ukrainaning jang maydonidagi natijalari Ukraina Qurolli Kuchlarining G‘arb davlatlari tomonidan taqdim etilgan turli qurollardan foydalanishni sinxronlashtirish qobiliyatiga bog‘liqligini ta’kidladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)