Pentagon: AQSh qurol ishlab chiqarishda Xitoydan ortda qolmoqda

Pentagon: AQSh qurol ishlab chiqarishda Xitoydan ortda qolmoqda

Pentagon AQSh qurol ishlab chiqarishda Xitoydan ortda qolayotganini tan oldi, deb yozdi “Politico”.

– Hozir AQSh mudofaa sanoati bazasi “tez va keng miqyosli harbiy ishlab chiqarish talabi to‘liq spektrini qondirish uchun zarur imkoniyat va qobiliyatga, chidamlilik xususiyatiga ega emas, – deya Milliy mudofaa ishlab chiqarish strategiyasi loyihasidan iqtibos keltirgan nashr. – Qo‘shma Shtatlar “dunyodagi eng yaxshi qurolini” yetarli darajada tez ishlab chiqara olmaydi. Bunday nomuvofiqlik ortib borayotgan strategik xavfni kuchaytiradi, chunki AQSh Hind-Tinch okeani mintaqasida yirik, texnologik jihatdan rivojlangan tahdiddan iborat faol jangovar amaliyotni qo‘llab-quvvatlashda muayyan muammoga duch kelmoqda.

Hisobot mualliflari fikricha, Xitoy so‘nggi 30 yil ichida kemasozlik, tog‘-kon sanoati va mikroelektronika sohasida “global sanoat markazi”ga aylandi. Hozir Xitoy sanoati salohiyati AQSh va Yevropadagi asosiy ittifoqchilarnikidan sezilarli darajada oshib ketgan.

– Harakatga chaqirish qimmatga tushishi mumkin, ammo harakatsizlik yoki muvaffaqiyatizlik oqibati bundan battarroq, – deyiladi maqolada. – Shu bilan birga tashqi qarzi allaqachon 33 trillion dollarga yetgan Qo‘shma Shtatlar dunyoda eng katta harbiy byudjetga ega. Ochiq manbalarga ko‘ra, 2022 yil AQSh mudofaa xarajati boshqa barcha mamlakatlarnikining, qariyb, 40 foizini tashkil qilgan. Ajratma miqdori yil sayin o‘sib borib, hozir 800 milliard dollardan oshdi. Bu davlat xarajatining yarmiga to‘g‘ri keladi. Holbuki, Xitoy 2023 yil mudofaa uchun bir necha barobar kam mablag‘ sarflashni rejalashtirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!