Parijdagi Luvr muzeyi va Arab dunyosi instituti bir muddat "o‘zbek muzeyi"ga aylandi

Parijdagi Luvr muzeyi va Arab dunyosi instituti bir muddat "o‘zbek muzeyi"ga aylandi

O‘zbekiston va Fransiya Prezidentlari ikki yirik - Luvrda – "O‘zbekiston vohalarining mo‘’jizalari. Karvon yo‘llari chorrahasida", Arab dunyosi institutida esa “Samarqandga yo‘l. Ipak va oltin mo‘’jizalari" ko‘rgazmalarini rasmiy ochib berdilar.

Har ikki ko‘rgazma ham O‘zbekiston tarixi va madaniyatiga bag‘ishlangan. Luvrdagi ko‘rgazma miloddan avvalgi V-VI-asrlardan temuriylar davrigacha bo‘lgan davrni qamrab olgan bo‘lib, institutda XIX-XX-asr o‘rtalariga oid eksponatlar, shuningdek, O‘zbekistondagi davlat muzeylaridan Turkiston avangardiga oid suratlar taqdim etilgan.

Luvrdagi ko‘rgazmaning ochilishida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va uning rafiqasi taqdim etilgan ko‘rgazmaga yuqori baho berishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!