Parijda dinozavr skeleti 3 million yevroga sotildi

Parijda dinozavr skeleti 3 million yevroga sotildi

Parijda sotuvga qo‘yilgan allozavr skeleti uch million yevroga sotildi. Bu Druo savdo uyidagi lotning asl narxidan ikki baravar yuqori, deb xabar berdi Euronews.

Suyagining 70 foizga yaqini saqlanib qolgan, skeletning balandligi uch metrdan oshiq va uzunligi o‘n metrga yaqin. Dinozavr skeleti 150 million yilni tashkil qiladi. Eng katta yirtqichlardan birining skeletini sotib olgan shaxsning ismi oshkor qilinmagan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, so‘nggi paytlarda dinozavr suyaklariga qiziqish kuchaygan. «Bunday narsalarni sotib olishga qiziqqan xususiy muzeylar juda ko‘p, chunki ular juda qiziqarli va noyob eksponatlardir. Bunday skeletni o‘z uylarida saqlamoqchi bo‘lgan xususiy xaridorlar ham qiziqish bildirishgan», - dedi auksion auksioneri Aleksandr Jikello.

Eslatib o‘tamiz, dinozavrlarga qiziqishni o‘tgan hafta Nyu-Yorkdagi Christie's kim oshdi savdosida o‘rnatilgan rekordda xam ko‘rish mumkin. Janubiy Dakotadagi Blek Hills geologik tadqiqotlar institutida saqlangan Sten nomli tirannozavr 32 million dollarga sotilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!