Parij Olimpiadasi umumiy byudjeti e’lon qilindi

A A A
Parij Olimpiadasi umumiy byudjeti e’lon qilindi

Kelgusi yil Fransiya poytaxti Parij shahrida bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlarini yuqori saviyada uyushtirish, jamoalarga kerakli infratuzilmani muhayyo etish, xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rish maqsadida mamlakat Tashqi ishlar vazirligi tashkiliy-protokol masalalariga bag‘ishlangan “Ikkinchi diplomatik brifing” o‘tkazdi.

Tadbirda xorijiy mamlakatlar diplomatik korpus vakillari qatori O‘zbekiston Respublikasi TIV mutaxassislari, tashkiliy qo‘mita rahbariyati ishtirok etdi.

Mezbon tomon bir necha masala bo‘yicha birlamchi ma’lumot taqdim etdi.

Rejaga ko‘ra, Olimpiya o‘yinlarining rasmiy ochilish marosimi 26 iyulda bo‘lib o‘tadi. Sena daryosi bo‘yida tashkil etiladigan tadbirda 600 ming nafarga yaqin mehmon ishtiroki kutilyapti. Olimpiadada 32 sport turi bo‘yicha 15 ming nafar sportchi qatnashishi, 300 mingga yaqin ko‘ngilli (volontyor) jalb etilishi ko‘zda tutilgan.

Musobaqa dunyoning 3,2 milliard aholisiga televizion kanallar orqali namoyish qilinadi, o‘yinlarni yoritish uchun 20 ming nafar atrofida OAV xodimlari ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

O‘yinlarni bevosita tomosha qiladigan muxlislar uchun Fransiyaning o‘zida 13 million kishiga chipta sotilishi kutilyapti. Bugungacha 7 milliondan ziyod chipta egasini topgani mazkur sport bayramiga qiziqish hozirdanoq juda yuqori ekanini ko‘rsatmoqda.

Olimpiada uchun qurilayotgan 64 ob’ektning 80 foizi tayyor. Tadbirning umumiy byudjeti 40 milliard yevro. Futbol, basketbol, suv sporti turlari bahslarini Marsel va Lill shaharlarida ham o‘tkazish rejalangan. Tashqi ishlar vazirligi protokol xizmati rahbari o‘rinbosari P.Furiya davlat va hukumat rahbarlari bilan bog‘liq protokol masalalari bo‘yicha faqat TIV shug‘ullanishini eslatdi. Ya’ni, ayni masalalarda tashkiliy qo‘mitaga yoki Fransiya Milliy olimpiya qo‘mitasiga murojaat qilishning foydasi yo‘q. Har bir xorijiy delegasiya uchun TIV protokol xizmati maxsus vakili biriktirilishi aytib o‘tildi.

Fransuz tomoni barcha elchixonalarga yuqori darajadagi shaxslar tashrifini tashkil etish bo‘yicha alohida nota chiqarishini ma’lum qildi. Parij xalqaro aeroportida delegasiyalarni kutib olish uchun samolyot yoniga avtomashina kelishi imkoni mavjud emasligi bildirildi.

Shuningdek, davlat va hukumat rahbarlari uchun alohida avtomobil ajratilmasligi, xorijiy delegasiyalar uchun transport vositasi ijara asosida ta’minlanishi va mashina soni 2 tadan oshirmasligi tavsiya etildi.

Delegasiyalarga Parijda hamrohlik qilish uchun polisiya xizmati safarbar etiladi. Tashkilotchilar fikricha, yuqori darajali delegasiyalar uchun transport vositasi 2 tadan oshmasligini inobatga olib, biri ko‘p o‘rindiqli ulov bo‘lishi maqsadga muvofiqligi ta’kidlandi. Transport vositalarini ijaraga olish diplomatik vakolatxona tomonidan amalga oshirilishi va imkon qadar qisqa fursatda rasmiylashtirilishiga e’tibor qaratiladi.

Delegasiya rahbarlari uchun hozirdan mehmonxona band qilish muhimligi ta’kidlandi.

TIV martabali mehmonlar uchun mamlakatdagi 5 yulduzli “Napoleon”, “Le Fouqetʼs” va “Shateau Fronterac” mehmonxonalarini tavsiya qilmoqda. Mehmonlar xohishidan kelib chiqib, boshqa mehmonxonalarni ko‘rib chiqishi mumkin.

Brifingning uchinchi va to‘rtinchi bosqichi mos ravishda 2024 yilning aprel va iyul oylariga rejalashtirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Rossiyada yakun yasaldi: SSSR yo‘q bo‘ldi

Федерация Кенгашининг конституциявий қонунчилик ва давлат қурилиши қўмитаси раиси Андрей Клишас ҳуқуқий жиҳатдан Совет Иттифоқи энди мавжуд эмаслигини таъкидлади.

Kreml milliardlab topmoqda, Yevropa esa milliardlab sarflamoqda

Россия Европанинг Украинага сарфлайдиганидан кўпроқ даромад олади.

XXR Daniyaga Rossiya bilan hamkorlikni to‘xtatish chaqirig‘iga "shapaloq" bilan javob qaytardi

Хитой Халқ Республикаси Россия билан ҳамкорликдан воз кечиш чақириғига жавобан Данияга "дипломатик шапалоқ" туширди.

Medvedevning xayollari

Медведев Украина харитасини намойиш қилди.

Ruslar Kupyanskni yer bilan yakson qildi

Маъмурият раҳбарининг сўзларига кўра, ҳудудда тахминан 1700 нафар фуқаро қолган.

Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasida qurolli mojaro boshlandi

Бошқа тафсилотлар ошкор этилмади.

Durov: "Men rusman!"

Telegram асосчиси айбловларга раддия берди.

Rossiyaliklar Sumiga yorib kirdi, shiddatli janglar davom etmoqda

Қайд этилишича, ҳозирда Россия қўшинлари Беловод ва Локни шаҳарларига босимни давом эттирмоқда, у ерда шиддатли жанглар кетмоқда. Мақсад - "буфер зона" яратиш.

Ukraina Rossiyaning muhim harbiy ob’ektlariga zarba berdi

Украина мудофаа кучлари Россия ҳарбий-саноат мажмуаси учун муҳим бўлган объектларга, хусусан, "Радуга" заводига зарба беришга муваффақ бўлди.

"Ishoning, bizda ham javob tariqasida suratga olishga arzigulik narsalar bor" - Shoygu

Россия Хавфсизлик кенгаши котиби ГФР канцлери Мерцнинг Германия Украинанинг Россия ҳудудига зарба бериш масофаси бўйича чекловларни бекор қилаётгани ҳақидаги сўзларига шундай изоҳ берди.

Go‘zallik malikasi 9 oyga qamaldi

Бу ҳақда Need To Know (NTK) нашри хабар бермоқда.

Andijon hokimi Shuhrat Abdurahmonov jinoyat sodir etgani haqida xabarlar tarqaldi

Хабарларда ҳолат вояга етмаган шахсга нисбатан қилингани айтилган.

Markaziy Osiyo xalqlari uchun Rossiya endi qiziq emas

Марказий Осиёдан Россияга келаётган меҳнат муҳожирлари сони сезиларли даражада камайди.

Hokim o‘rinbosari o‘zini yoqib yubordimi?

Ижтимоий тармоқларда Яккабоғ тумани ҳокими ўринбосари ўзини ёқиб юборгани ҳақида хабар тарқалди.

Ortiqxo‘jayev yangi lavozimda ish boshlagani aytilmoqda

Тарқалган хвбврлврга кўра, Жаҳонгир Ортиқхўжаев Ўзбекистон корпоратив спорт ассоциацияси расининг биринчи ўринбосари сифатида иш бошлаган.

Prezident uchayotgan samolyot aeroportga qo‘nayotgan paytda halokatga uchrashiga sal qoldi

Нашрнинг ёзишича, самолёт шинаси ёрилиб кетган

Qozog‘iston BRIKSdan yuz o‘girdi: Prezidentdan ochiq bayonot

Тўқаев БРИКСга шубҳа билан қаради.

Agar Rossiya g‘alaba qilsa, Filippin va Tayvan navbatdami? Makronning qattiq bayonoti!

Макрон Европанинг Россия-Украина можаросида бефарқ қололмаслигини тушунтирди.

Kiyev qarz to‘lovini rad etdi

Украина иқтисодий ўсишга боғлиқ давлат қарзи бўйича 665 миллион долларлик тўловни амалга оширмаслигини маълум қилди.

"Trampga Ukrainada tinchlik emas, balki Nobel mukofoti kerak"

Трампнинг ҳақиқий мақсади Украинада тинчлик эмасми? — Болтоннинг шов-шувли баёноти.

AQShda 250 millionga yaqin asalari "ozodlik"ka chiqib ketdi

Маҳаллий ҳокимият фуқароларни ҳудудга яқинлашмасликка чақирди.

Tamaki sanoatida qo‘llanilayotgan hid va ta’m beruvchi qo‘shimchalar tufayli dunyoda yoshlar orasida chekish ommalashmoqda

Маълумотларга кўра, дунё бўйлаб 13–15 ёшдаги 37 миллион нафар ўғил-қизлар тамакини у ёки бу шаклда истеъмол қилмоқда.

"Bunday holga yo‘l qo‘yganimiz uchun o‘zimizni hech qachon kechira olmasligimiz mumkin"

Ғазонинг жанубидаги Носир шифохонасида кўнгилли бўлиб ишлаган шифокор Христос Георгалас Исроил "болаларга қарши уруш" олиб бораётганини таъкидлади.

2024 yilda Rossiya Mudofaa vazirligi bilan taxminan 400 ming kishi urushga borish uchun shartnoma imzoladi — “Vajniye istorii”

"2024 йилда Россия Қуролли Кучлари билан 374,2 мингдан 407,2 минг нафаргача одам шартнома имзолаган", дея маълум қилди “Важние истории” федерал бюджет харажатлари маълумотларига таяниб.

Rossiya BMTda Ukraina bilan cheksiz urushishga tayyorligini ma’lum qildi

Россиянинг БМТдаги доимий вакили Василий Небензя Москванинг Украинага қарши ҳарбий тажовузни номаълум муддатга давом эттиришга қарор қилганини билдирди.

7 iyun shanba kuni hamma dam oladi

2025 йилда Қурбон ҳайити 6 июнга тўғри келади – Президент қарори эълон қилинди.

Sud Putinni Gitler bilan taqqoslashni taqiqladi

Тақиқ остига Путинга фюрернинг мўйлови ва соч турмаги фотомонтаж қилинган суратлар тушди. Шунингдек, суд "Путлер капут" ёзувларини ҳам тақиқлади.

Xorazmda O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘limi boshlig‘i 10 ming dollar olayotganida ushlandi

ДХХнинг Сирдарё вилояти бўйича бошқармаси ҳамда ИЖҚКД ҳамкорлигида ўтказилган тезкор тадбирда муҳандис ушбу пул маблағини олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланди.

Uychi tumani hududida mudhish holat yuz berdi

Улар чинни пиёла-чойнак ишлаб чиқариш корхонасига кетаётган бўлган экан.

AQSh eng kuchli yadro aviabombasini ishlab chiqarishga tayyorlanmoqda

В61-13 нинг қуввати 360 килотоннага етади. Бу АҚШ ядро қурол-яроғидаги энг кучли жанговар бошқисмлардан бири ҳисобланади.

Putin Yaponiya sobiq bosh vazirining bevasini ko‘z yoshlarga botirdi

Россия президенти Владимир Путин Москвада қотилликка учраган Япония собиқ бош вазири Синдзо Абенинг хотини Акиэ Абе билан учрашди.

"Biz Sumi va Xarkov viloyatlarini olamiz"

Россия делегацияси айнан шу сўзларни Истанбулда украиналикларга айтган.

"Odamlar och edi va hamma narsani olib ketishdi"

Кўчирилган фаластинлик эркак Ғазода АҚШ қўллаб-қувватлайдиган янги ёрдам тизими доирасида ёрдам сўраб келган одамларнинг тартибсиз ҳолатини тасвирлаб берди.

NATO–Rossiya urushi bashorat qilindi

АҚШ Ҳарбий-ҳаво кучлари буюртмасига кўра тайёрланган Ранд корпорациясининг янги таҳлилий ҳисоботида НАТО ва Россия ўртасидаги эҳтимолий ҳарбий тўқнашувнинг бориши башорат қилинган.

Putin yaxshi kayfiyatning sirini oshkor qildi

Россия президенти Владимир Путин яхши жисмоний ҳолат ва ташқи кўринишни сақлаб қолиш сирлари ҳақида гапирди.

Qo‘qonda do‘kon oldidagi tortishuv qotillik bilan tugadi – haydovchi 8,5 yilga qamaldi (VIDEO)

Фарғона вилоятида қасддан танишини қайта-қайта босиб кетиб, ўлимига сабабчи бўлган ҳайдовчига суд ҳукми ўқилди.

Tolibonning afyunga qarshi kurashi: muvaffaqiyatga erishish mumkinmi?

Толибон раҳбарияти мамлакатда опиум манбаи бўлган кўкнор етиштиришни қатъиян тақиқлади ва бу борада кескин чоралар эълон қилинди.

Qarshida 1,7 kg. og‘irlikdagi tilla taqinchoqlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Тегишли лицензия ва рухсатномаларсиз заргарлик буюмлари савдоси билан шуғулланаётган мазкур шахсга тегишли автотранспорт воситаси кўздан кечирилганида эса яна 359 дона заргарлик буюмлари борлиги аниқланди.

Koronavirusning yangi to‘lqini tobora kengroq tarqalmoqda

Маълумотларга кўра, Гонконгда кекса ёшлилар орасида ўлим ҳолатлари қайд этилмоқда,

Afrosiyob poyezdi emas, manyovr teplovozi yondi — O‘zbekiston temir yo‘llari

Воқеа жойига етиб келган мутахассислар томонидан ёнғин ўчирилди. Компания ёнғин ҳақида кейинроқ маълумот беришга ваъда берди.