Parij Olimpiadasi mash’alasi rasman yoqildi

Parij Olimpiadasi mash’alasi rasman yoqildi

Gresiyaning Olimpiya shahrida 2024 yilgi Parij Olimpiada o‘yinlari mash’alasi rasman yoqildi.

Marosimda Gresiya prezidenti Katerina Sakelaropulou, Xalqaro olimpiya qo‘mitasi rahbari Tomas Bax, Parij meri Ann Idalgo va boshqa rasmiy shaxslar ishtirok etdi.

Eshkak eshish bo‘yicha Tokio Olimpiadasi chempioni Stefanos Duskos birinchi estafeta mash’alasini oldi. Eslatib o‘tamiz, mash’alani 600 dan ortiq kishi ko‘tarib yuradi.

Gresiyada boshlangan estafeta 8 may kuni Fransiyaning Marsel shahriga olib kelinadi. Estafeta davomida Lasko g‘ori, Aleziyadagi arxeologik yodgorliklar, o‘rta asrlardagi Karkason shahri, Versal saroyi va boshqa tarixiy, madaniy va manzarali joylar yoritiladi.

Olimpiadaning tantanali ochilish marosimi 26 iyul kuni Parijda bo‘lib o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!