“Parij-2024”da Afg‘onistondan necha sportchi qatnashadi?

“Parij-2024”da Afg‘onistondan necha sportchi qatnashadi?

Afg‘onistondagi Tolibon hukumati joriy yil 26 iyulda boshlanadigan Parij Olimpiadasida 3 nafar sportchi mamlakat sharafini himoya qilishini tasdiqlagan. Bu haqda Afg‘oniston sport departamenti xabar tarqatgan.

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi esa Olimpiya o‘yinlarida olti nafar afg‘on – uch ayol va uch erkak sportchi qatnashishini tasdiqlagan.

Departament vakili Atal Mashvaniy Afg‘onistonda ayollar sporti taqiqlanganini ro‘kach qilib, boshlanishiga 17 kun qolgan Olimpiadaga ushbu davlatdan 3 nafar atlet borishini bildirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!