Pandemiyadan keyin musulmonlarning ahvoli nima bo‘ladi?

A A A
Pandemiyadan keyin musulmonlarning ahvoli nima bo‘ladi?

Butun dunyoda bir tomondan yangi koronavirus (Covid-19)ga qarshi chora-tadbirlar va davolash usullari muhokama etilar ekan, boshqa tomondan pandemiyaning tibbiy, siyosiy, ijtimoiy, psixologik, madaniy va teologik oqibatlari qanday bo‘lishi haqida biroz futuristik rejalar va taxminlar, hatto fitna nazariyalari haqida gap-so‘zlar yuribdi. “Pandemiyadan keyin” – “postpandemik” atamasi allaqachon ilmiy adabiyotga kirib bo‘ldi. G‘arbdagi mashhur jurnallar, gazetalar, siyosatchilar va olimlar Sovid-19 pandemiyasidan keyingi vaziyat bo‘yicha o‘z qarashlarini bildirmoqda. 

Pandemiyadan keyin xalqaro maydondagi tartib qanday bo‘ladi? Hozirgi holati juz’iy o‘zgarishlar bilan davom etadimi yoki bizni tub o‘zgarishlar kutib turibdimi? Pandemiya jarayoniga tomoshabin bo‘lib, deyarli hech narsa qilmagan BMT, Yevropa Ittifoqi (EI), Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti (JSST), Islom Hamkorlik Tashkiloti (IHT) singari tashkilotlarning ahvoli qanday kechadi? YEI parchalanib ketadimi? Butun dunyo Xitoyning ta’siri ostida qoladimi? Globalistlarning oshig‘i olchi bo‘ladimi yoki ularga qarshilarning? Yoxud har ikki toifadan ham xalos bo‘lib, musulmonlar ham hissa qo‘shadigan yangi xalqaro tartib bunyod etiladimi? Ayni payt ana shu savollar borasida bahs-munozaralar avjiga chiqdi. Hatto bunday vaziyatlarda erkinliklar va demokratiyani to‘xtatib qo‘yib, avtoritar boshqaruv usuliga ruxsat berilishi kerakligini, Uchinchi jahon urushi boshlanib bo‘lganini iddao qilayotganlar ham bor.   

Sovid-19 va dindorlar
Koronavirus masalasida musulmonlar umuman olganda sinovdan yaxshi o‘tayotganini aytib o‘tish zarur. Ka’ba tavof qilinmayotgan, Masjidi Nabaviy va Masjidi Aqso yopilgan, haj mavsumi tarixda qirqinchi bor bekor qilingan davrdan o‘tmoqdamiz. Bu pallada musulmonlarning aksari chora-tadbirlarga amal qilyapti deyish mumkin. Biroq pandemiyaning boshlarida Hindiston, Pokiston, Indoneziya, Bangladeshda ba’zi guruhlar namozlarni jamoat holida o‘qishni davom ettirdi. Bangladeshda omma yig‘ilib, koronavirusga qarshi duo o‘qidi. Eronda ba’zi diniy yetakchilar Qumni muqaddas shahar deb hisoblagani uchun u yerning karantinga olinishini istamadi. Indoneziyada esa ayrim musulmonlar “Biz koronavirusdan emas, Allohdan qo‘rqamiz”, deb juma namozining to‘xtatilishiga qarshi chiqdi. “Tablig‘i jamoat” a’zolari Hindiston, Pokiston va Malayziyada ommaviy tadbirlar o‘tkazib, koronavirusning tarqalishiga sababchi bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda Madinaga vabo kirmasligi haqidagi rivoyatni keltirib, Saudiya Arabistoni hukumatining Masjidi Nabaviyni yopish haqidagi qarorini tanqid qilganlar bo‘ldi. Hukumat esa masjidni yopish bilan cheklanmay, Makka va Madinada komendantlik soati joriy etdi.      

Nasroniylar ham koronavirusga turlicha yondashmoqda. Masalan, Niderlandiyada har qanday yig‘ilishlar taqiqlandi, cherkovlarda esa ko‘pi bilan 30 kishi ishtirok etish sharti bilan ibodatlarga ruxsat berildi. Biroq protestantlarning oliy boshqaruv organi hisoblanuvchi Niderlandiya protestant cherkovi ibodatlar salomatlikdan muhimroq emas deb, ibodatlar 20 maygacha onlayn o‘tkazilishini ma’lum qildi. Urk, Kampen va yana bir nechta shaharlarda ba’zi cherkovlar ibodatlarni 20-25 kishi ishtirokida o‘tkazishni davom ettirmoqda. Mamlakat bosh vaziri Mark Ryutte bunday istisno konstitusiyaning 6-moddasida belgilab qo‘yilgan din erkinligi bilan bog‘liqligini aytdi. Biroq bu istisno niderlandiyalik musulmonlarga nisbatan qo‘llanmadi. Boshqa tomondan, bunday istisno koronavirus tarqalishiga sabab bo‘lishi mumkinligidan hukumat tanqidga uchramoqda. Mahalliy kalvinistlar (kalvinizm – protestant oqimi) esa koronavirus xudobexabar odamlarni ogohlantirish uchun Tangri tomonidan yuborilganini aytib, hammani jamoaviy duoga chiqardi. “Biz koronavirusdan emas, Tangridan qo‘rqamiz”, – dedi ular ham. Fransiyaning Myuluz shahrida yevangelistlarning cherkovida ikki mingdan ortiq kishi qatnashgan ibodatlardan keyin koronavirusga chalinganlar soni ortdi. AQShning Floridasida ba’zi rohiblar qo‘l berish salomlashishni to‘xtatmaslikka chaqirdi. Londondagi Qirollik cherkovi rohiblari “koronavirusdan asraydigan muqaddas yog‘”ni 91 funt-sterlingdan sotishga urindi.    

Koronavirusning musulmonlar imidjiga ta’siri
Pandemiyada kunlarida Andalus, Bryussel, Rotterdam va Gaaga, Palermo va Parma, Berlin va Kyoln singari Yevropaning muhim shaharlarda azon ovozkuchaytrigichlar orqali chaqirildi, chaqirilyapti. Bilbordlarga oyat va hadislar yozildi. Islomiy tashkilotlarning yosh vakillari keksalarning uylariga borib, ularga yordam beryapti. Ramazonda g‘arblik yetakchilar masjidlarda yaxshi gaplarni gapirmoqda. Ba’zi sog‘liqni saqlash-psixiatriya markazlari musulmonlar shifokorlar va psixologlarga bemorlarning ruhiyatini ko‘tarish uchun tavsiyalar berishlari mumkinligini aytmoqda. Ro‘molli tibbiyot xodimalari oldingi saflarda turib bemorlarga yordam berishga oshiqmoqda. Bularning bari G‘arbda islom va musulmonlarga qaratilgan, oxirgi yillarda ancha kuchaygan “madaniy irqchilik”ni kamaytirishi mumkinmi?..

Vaziyat nekbinlikka turtki berayotgan bo‘lsa-da, islomga qarshiliklar yaqin orada yo‘q bo‘lishi kutish soddalikdan boshqa narsa emas. 

Shuning barobarida G‘arbda hatto nasroniylar ham e’tirof etgan, musulmonlar 1400 avval qo‘llay boshlagan karantin va gigena choralari ko‘pchilikning zehnida islom va musulmonlar borasida ijobiy tasavvur uyg‘onishiga sabab bo‘lishini aytish mumkin. Pandenmiyaning ilk kunlarida “Nyusuik” nashriga intervyu bergan nasroniy teolog Kreyg Konsidayn kim birinchi bo‘lib epidemiya paytida karantin, ijtimoiy ihota va shaxsiy tozalikni tavsiya qilgan degan savol shunday javob berdi: “Hazrat Muhammad. U hakim yoki mutaxassis emasdi, lekin epidemiya borasida muhim tavsiyalar bergan”. Shuningdek, Konsidayn hadislardan misollar ham keltirdi. 

Bundan holatlar G‘arbda musulmonlarning imidjini oshirishga xizmat qilishi aniq.      

Koronavirus odamlarni dinga yaqinlashtiradimi?

Ayni paytda koronavirus musulmonlarga ham aloqador bo‘lgan ko‘plab diniy-falsafiy munozaralarni keltirib chiqarmoqda. Pandemiyadan keyin odamlar dinga yaqinlashadimi yoki uzoqlashadimi degan mavzu ana shu munozaralarda eng ko‘p muhokama etilayotgan mavzulardan biridir. Shu ma’noda teodiseya (dunyoning ezgu Xudo tomonidan boshqarilishini oqlaydigan aqida) mavzusi, Alloh yomonlikni yaratgani yoki yaratmagani, yomonlikka roziligi borligi yoki yo‘qligi, bu bilan odamlarga azob berishi yoki bermasligi singari batafsil teologik izoh talab etiladigan masalalar tez-tez kun tartibiga chiqmoqda.     

Odatda ofatlar va epidemiyalar paytida dinga moyillik ortadi. Bu fenomen biroz reduksionist yondashuv bilan dinni mushkul paytlarda antidepressant sifatida qabul qilishdan kelib chiqqan bo‘lsa-da, bunday paytlarda metafizik izlanishlar ko‘payishini aytish joiz. Masalan, koronavirus pandemiyasi paytida guglda diniy mazmundagi qidiruvlar 20 foiz ortgani aniqlandi. Lekin bu taxlit dinga moyillik doimiy ekani yoki emasligini ayon bo‘lishi uchun vaqt kerak bo‘ladi.    
AQShda Joshua jamg‘armasi o‘tkazgan tadqiqotda nasroniylarning 44 foizi koronavirus Tangriga qaytish uchun ogohlantirish yoki qiyomat alomati ekanini aytgan. Qariyb 50 foizi pandemiya kunlarida ko‘proq Injil o‘qiyotganini, cherkovlarning onlayn konferensiyalarida qatnashayotganini, diniy savol-javoblarni kuzatib borayotganini bildirgan. 

Tadiqiqotda qatnashgan ateistlarning 22 foizi koronavirus pandemiyasi paytida Tangrining mavjudligi haqida izlanganini yoki diniy mazmundagi materiallar bilan tanishganini ma’lum qilgan. Yahudiylarning 42 foizi ham koronavirus bu qiyomat alomati degan fikrni bildirgan. 

Islomofobiya kamayib, sinofobiya ortadimi?

Pandemiyadan keyin dunyoda sinofobiyaning (Xitoy va xitoyliklarga nisbatan toqatsizlik, qo‘rquv) ortishi taxmin qilinmoqda. Yuz tuzilishi o‘xshagani tufayli yaponlar va koreyslar ham sinofobiyadan benasib qolmayapti. Bu holat islomofobiyaning kamayishini bildiradimi?.. Amerikalik yevangelistlar va prezident Donald Trampning gap-so‘zlari hamda pandemiya paytida sinofobiyani qo‘zg‘ashlari, G‘arbdagi nafrat to‘lqinini Xitoyga burishga bo‘lgan urinishlar islomofbiya kamayishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.   
Britaniya va Germaniya singari mamlakatlarda islomofoblarning g‘imirlashlari kuzatilsa-da, pandemiya paytida G‘arbda islom va musulmonlarga qarshi chiqishlar kamayganini aytish mumkin. 
Islomofobiyaning yangi markazi – Hindiston

Koronavirus pandemiyasi davrida islomofobiya eng kuchaygan mamlakat Hindiston bo‘ldi. Bu davlatga islomofobiyaning yangi markazi sifatida qaralmoqda. Pandemiya paytida bu yerda musulmonlarga og‘zaki, jismoniy va psixologik hujumlar juda ko‘paydi. Hukmron Hindiston xalq partiyasi (BJP) tarafdori bo‘lgan radikal hindlar musulmonlarga “koronavirus jihodchilari”, “biojihodchilar”, “Sovid-19 terrorchilari” degan ayblovlar qo‘ydi, koronavirus musulmonlar hindlarga yuqtirishi uchun o‘ylab topilgan tuzoq ekanini iddao qildi. “Tablig‘i jamoat” mart oyi boshlarida Nyu-Dehlida o‘tkazgan yig‘ilish esa hind islomofoblar uchun bahona bo‘ldi. Hukumat koronavirus bilan kasallanish holatlarining beshdan bir qismi ana shu yig‘ilishdan keyin aniqlanganini ma’lum qildi. Haydarobod universiteti professori Tanvir Fazal esa buni hukumatning koronavirusga qarshi kurashdagi muvaffaqiyatsizligini musulmonlarga ag‘darishi deya izohladi. 

Boshqa tomondan, “Tablig‘i jamoat” mart oyi boshlarida Malayziya va Pokistonda ham shunga o‘xshash yig‘ilishlar o‘tkazgani, shu orqali kamida 6-7 mamlakatga virus tarqalgani inkor etib bo‘lmaydigan haqiqat. Bu holat Hindistonda musulmonlarga nisbatan noo‘rin ayblovlarning yangrashiga, islomofoblar uchun bahona topilishiga sabab bo‘ldi. Hindistonlik jurnalist Ra’no Ayub “Vashington Post”da yozganidek, Hindistonda koronavirus epidemiyasining yagona sababchisi musulmonlar sifatida ko‘rsatilishining ortida islomofobik tutum borligini ko‘zdan qochirmaslik kerak. Shu o‘rinda Kuvaytning Hindistonda islomofobik hujumlarni to‘xtatish haqida Islom Hamkorlik Tashkilotiga chaqirig‘i muhim ahamiyatga ega. Arab davlatlarida millionlab hindistonlik ishlashi e’tiborga olinsa, bu chaqiriq javobsiz qolmasligi mumkin.  

O‘zjan Xidir, 
Istanbul Sabahattin Zaim universiteti professori
Manba: “Anadolu”


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

O‘zbekistonlik yana bir futbolchi "Manchester Siti"ga o‘tishi mumkin

Бу ҳақда Отабек Умаров айтиб ўтди.

Eldor Shomurodov yangi jamoasining taklifini qabul qildi

Унга Туркия ва Италия клублари қизиқиш билдираётганди.

Isroil Eron bilan urush tugaganini rasman e’lon qildi

Бу ҳақда Исроил бош вазирининг идораси баёнот берди.

Dollar kursi yana keskin «quladi»

Марказий банк 2025 йил 24 июндан валюталарнинг янги курсини белгилади.

Yana bir o‘zbekistonlik futbolchi "Manchester Siti"ga o‘tishi kutilyapti

Бу ҳақда футбол журналисти Яҳёхўжа Улуғхўжаев хабар бермоқда.

Gvardiola: "Uning o‘ynamayotganining yagona sababi - men"

"Манчестер Сити" устози Хосеп Гвардиола жамоа ҳужумчиси Жек Грилиш нега кўп ўйин амалиётига эга бўлмай қўйгани ҳақидаги саволга жавоб берди.

Eron Isroilni mag‘lubiyatga uchratganini ma’lum qildi

Бу ҳақда мамлакат Миллий хавфсизлик юқори кенгаши баёнотида келтирилган.

Markaziy bank: dollar ko‘tarila boshladi

АҚШ доллари 45,26 сўмга ошиб, 12 456,25 сўм этиб белгиланди. Евро курси 223,82 сўмга ошди ва 14 461,71 сўм бўлди. Фунт-стерлинг 16 952,96 сўм (+342,09). Россия рубли 158,36 сўм этиб белгиланди (-0,02). Қозоғистон тенгеси 24,00 сўм бўлди (+0,28).

Eron butun Isroil bo‘ylab zarbalar berdi — Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi

Фарс агентлиги маълумотларига кўра, Эрон бугун Исроилга ҳудудига ҳужумда Kheibar Shekan, Emad, Qadr ва Fattah-1 баллистик ракеталаридан фойдаланган.

O‘zbekistonlik ikki legioner futbolchi klubsiz qoldi

Ўзбекистонлик футболчилар Жасур Жалолиддинов ва Бобур Абдухолиқовнинг Озарбойжондаги фаолияти якунига етди.

Mahmud Muradov chexiyalik modelning qo‘lini so‘radi

Ўзбекистонлик собиқ UFC жангчиси иккинчи маротаба уйланиш арафасида.

Dahshat! Vafot etgan 88 yoshli ayol tobutda hushiga keldi

IDNES.cz нашрининг ёзишича, унинг турмуш ўртоғи 30 май куни тез ёрдам чақириб, хотинида ҳаёт белгилари йўқлигини маълум қилган

Srechko Katanes: "Jahon chempionatida terma jamoadan hech nima kutmanglar"

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.

Abduqodir Husanov «Barsa»ga o‘tishi mumkin — Deku uni «kelajak himoyachisi» deb biladi

Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.

O‘qituvchi ayol Islom Karimov nomidan xat yozib, hokimdan 700 ming dollar so‘ragani ma’lum bo‘ldi

Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.

Ommaviy havo hujumi: F-16 uchuvchisi halok bo‘ldi

Ҳужум оқибатларидан фотосуратлар ва расмий маълумотлар маҳаллий ҳокимиятлар томонидан эълон қилинган.

Zelenskiy: Tailandda F-16 uchuvchisining halok bo‘lish sabablari o‘rganiladi

Украина президенти Владимир Зеленский Россия томонидан Украинага қилинган навбатдаги кенг кўламли ҳужумдан сўнг ўз муносабатини билдирди.

Moskva Bokuning noroziligiga javob berdi

Россиянинг Озарбайжондаги вақтинчалик ишлар бўйича вакили Пётр Волоковых Озарбайжон Республикаси Ташқи ишлар вазирлигига чақирилди.

“Krokus”dagi terakt ijrochilari ularning tashkilotchisi Ukraina bo‘lganini tan oldi

Чегарани кесиб ўтишда ёрдам бериши керак бўлган гуруҳ Брянск вилоятида уларни кутиб турган.

Isroilning Erondagi qamoqxonaga hujumining ayanchli tafsilotlari ochiqlandi

Бу ҳақда Эрон адлия расмийси Асғар Жаҳонгир маълумот берди. Унинг сўзларини Эроннинг Mehr агентлиги келтирган.

Tanzaniyada 2ta avtobus yonib ketdi

Танга вилоятига кетаётган йўловчи автобус қарама-қарши йўналишда, яъни Самедан Мошига кетаётган микроавтобус билан тўқнашган.

Britaniyada og‘irligi 2,4 tonna kokain partiyasi musodara qilindi

Гиёҳванд моддаларнинг қиймати қарийб 100 миллион фунт стерлингга баҳоланмоқда

"Kiyev tobora xavfli joyga aylanmoqda"

Россия томонидан Киевга уюштирилаётган ҳужумлар кучайгани сари, Украина пойтахтидан қочаётган фуқаролар сони ҳам ормоқда, деб ёзади Германиянинг NTV нашри.

Isroil hujumlari natijasida Eronda to‘qqiz nafar jurnalist halok bo‘ldi

Эрон расмийлари ушбу ҳужумларни халқаро ҳуқуқ ва журналистлар хавфсизлигига қарши жиноят сифатида баҳоламоқда. Ҳодисалар халқаро ҳамжамият томонидан кескин қораланиши мумкин.

Isroil Eronga qarshi urushga necha yil tayyorlangani ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда The Times хабар бермоқда.

"Bu pastkash kim?" — Tramp CNN nashrining Eronga aloqador maqolasidan g‘azablandi

CNN нашрининг ёзишича,Трамп маъмурияти Теҳрон билан Эроннинг фуқаролик ядровий дастурини ривожлантириш учун 30 миллиард доллар ажратиш масаласини муҳокама қилган.

Tehronda Isroil tomonidan o‘ldirilgan generallar va yadro olimlari ommaviy dafn etildi

Минглаб эронликлар мамлакат пойтахти марказига чиқиб, Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси офицерлари ва олимлар билан видолашди.

Kolumbiyada yuz bergan ko‘chki oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi

Дастлабки маълумотларга кўра, табиий офат оқибатида 50 га яқин уй зарар кўрган. Қутқарув ишлари узлуксиз давом этмоқда.

Urganchda shoqollar yuribdimi?

Вилоят Экология бошқармаси ҳолат юзасидан муносабат билдирди.

Koreyada ruhiy nosog‘lom erkak harakatlanayotgan metroni yoqib yubordi

Натижада 22 нафар йўловчи ёнғиндан заҳарланиб, шифохонага ётқизилишига тўғри келган.

Eron Donald Trampni jiddiy ogohlantirdi

Эрон ташқи ишлар вазири Аббос Ароқчи АҚШ президенти ҳақида гапирди.

Xorazmda FVV tizimining 2 nafar xodimi pora bilan ushlandi

Шовот тумани Фавқулодда вазиятлар бўлими ходими ҳам ўзганинг ишончига кириб, ички ишлар органларидаги танишлари орқали унга ҳайдовчилик гувоҳномаси олиб беришини айтиб, эвазига 1400 АҚШ доллари ва 1 млн 300 минг сўм олганлик ҳолати ҳужжатлаштирилди.

Gazoda Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni bir kunda 19 nafarga yetdi

Бу ҳақда тиббиёт ходимлари ва гувоҳлар маълум қилди.

Dunyo bo‘ylab 316 mln kishi giyohvand moddalar iste’mol qiladi — BMT

Бирлашган Миллатлар Ташкилоти дунё бўйлаб 2023 йилда гиёҳванд моддаларни истеъмол қилувчилар сони 316 миллион кишига етганини маълум қилди.

Yaponiyada 3 yillik tanaffusdan keyin yana o‘lim jazosi amalga oshirildi

Қатл этилган шахс Такахиро Шираиши бўлиб, у тўққиз кишини ўлдирган ва қисмларга бўлган.

Homanaiy Eron xalqini Isroil ustidan qozonilgan g‘alaba bilan tabrikladi

У, шунингдек, АҚШ ҳам таслим бўлганини таъкидлаган.

Eronda Isroil foydasiga josuslikda ayblangan 3 kishi osib o‘ldirildi

Бу ҳақда Reuters хабар берди.

Xitoyda kuchli suv toshqini tufayli 80 mingdan ortiq odam evakuasiya qilindi

Ҳар икки ҳудудда огоҳлантириш даражаси энг юқори даражага кўтарилди.

Irlandiya Isroilga iqtisodiy bosim o‘tkazishga tayyorlanmoqda

Янги қонун лойиҳаси ишғол қилинган Фаластин ҳудудларидан маҳсулот олиб киришни тақиқлайди.

Eronda Isroil foydasiga josuslikda ayblangan uch kishi qatl etildi

Бу ҳақда Эрон ОАВлари хабар бермоқда.