Pandalarni o‘ldirganlarga o‘lim jazosi beriladi

Pandalarni o‘ldirganlarga o‘lim jazosi beriladi

Pandalarning yovvoyi tabiatdagi soni so‘nggi o‘n yillikda 1,8 mingtaga yetdi. Bu haqda Xitoy ekologiya vazirligi vakili Suy Shuxun e’lon qildi.

Shunday qilib, pandalarning statusi "yo‘qolayotgan"dan "himoyaga muhtoj" turga tushirildi.

Tabiatni muhofaza qilish xalqaro qo‘mitasi 2016 yildayoq bu ishni amalga oshirgan, ammo pandalar vatani bo‘lgan Xitoy qarorni shoshilinch deb baholagan edi.

Katta pandalar ayiqlar oilasiga kirib, faqat o‘simliklar bilan oziqlanadi. Bu jonivorlar juda sekin o‘sadi va rivojlanadi.

Xitoy xalq respublikasi qonunlariga ko‘ra, pandalarni o‘ldirganlarga o‘lim yoki butun umrlik qamoq jazosi beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!