Ozarbayjonning Erondagi elchixonasi xodimlarini evakuasiya qilish yakunlanmoqda

Ozarbayjonning Erondagi elchixonasi xodimlarini evakuasiya qilish yakunlanmoqda

Ozarbayjonning Erondagi elchixonasi xodimlarini evakuasiya qilish ishlari yakuniga yetmoqda.

Bu haqda Ozarbayjon TIV matbuot xizmati rahbari Ayxan Hajizoda ma’lum qildi, deya xabar beradi APA.

Hojizodaning qayd etishicha, elchixona xodimlari va ularning oila a’zolari kecha, 29 yanvar kuni Bokuga yetkazilgan. Marhum O‘rxon Askerovning jasadi ham xuddi shu reysda Bokuga yetkazildi.

27 yanvar, juma kuni Boku vaqti bilan soat 08:30 da Ozarbayjonning Tehrondagi elchixonasiga qurolli hujum uyushtirildi. Hujum natijasida elchixona qo‘riqlash boshlig‘i halok bo‘lgan, 2 nafar qo‘riqchi yaralangan.

Prezident Ilhom Aliyev hodisani “terror hujumi” deb atadi va Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi Tehrondagi diplomatik missiya xodimlari va oila a’zolarini evakuasiya qilish rejasini e’lon qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!