Ozarbayjon Fransiyaga norozilik notasini topshirdi

Ozarbayjon Fransiyaga norozilik notasini topshirdi

19 sentyabr kuni Fransiyaning Ozarbayjondagi elchisi Zakari Gross Ozarbayjon Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilib, unga kecha Fransiyadagi Ozarbayjon elchixonasida radikal arman guruhlari tomonidan sodir etilgan hujum munosabati bilan Tashqi ishlar vazirligining norozilik notasi topshirildi.

Yig‘ilishda tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Xalaf Xalafov Fransiyadagi bir guruh arman diasporasi radikal ekstremistlarining Ozarbayjonning Parijdagi elchixonasiga hujumi namoyishkorona tarzda Fransiya qonunchiligi va qabul qilingan xalqaro huquq normalari qo‘pol ravishda buzish bilan kechganini qarama-qarshi tomon e’tiboriga havola etdi.

Eslatma: Kecha arman provokatorlari Ozarbayjonning Fransiyadagi elchixonasi oldida «aksiya» uyushtirgan edi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, «aksiya» davomida elchixona binosiga nisbatan vandalizm sodir etilgan. Arman radikallari binoga yaqinlashib, unga zarar yetkazmoqchi bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!