Ozarbayjon Erdo‘g‘anning Turkiyadagi saylovlardagi muvaffaqiyatini nishonlamoqda

Ozarbayjon Erdo‘g‘anning Turkiyadagi saylovlardagi muvaffaqiyatini nishonlamoqda

Ozarbayjon Turkiyaning amaldagi prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichidagi muvaffaqiyati haqidagi xabarni shodlik bilan qarshi oldi.

Ozarbayjonda yashovchi yuzlab ozarbayjon va turk fuqarolari ovoz berishning dastlabki natijalari e’lon qilinganidan ko‘p o‘tmay Turkiyaning Bokudagi elchixonasi yonidagi bog‘da to‘planishdi.

Faollar o‘zlari bilan Turkiya va Ozarbayjon bayroqlarini olib kelishgan.

Olomon Erdo‘g‘onni qo‘llab-quvvatlovchi shiorlar bilan hayqirdi. Ozarbayjon poytaxtining ba’zi aholisi feerverklar otdi.

Erdo‘g‘onning prezidentlikni saqlab qolgani haqidagi xabarni Boku aholisi avtomobillar yig‘ilishi bilan nishonladi, ular ikki davlat bayroqlari va Turkiya rahbari tasvirlangan plakatlarni osib qo‘yishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!