"Ovsinim erimning nomida bo‘lgan uyga kirib olgan. Sud qarorini o‘zgartirsa bo‘ladimi?"

"Ovsinim erimning nomida bo‘lgan uyga kirib olgan. Sud qarorini o‘zgartirsa bo‘ladimi?"

— Qaynukam 2018 yil uylangan. Ba’zi sabablarga ko‘ra, ajrashmoqchi. Xotini sud orqali uydan foydalanish va yashash huquqini olib, hozirda erimning nomida bo‘lgan bir xonali kvartiramizga kirib olgan. Kvartira qaynimning nomida bo‘lmasa ham, uydan yashash va foydalanish huquqi berilaveradimi? Sud qarorini bekor qilish mumkinmi?

S.Berdiyeva, Bekobod shahri

Murojaatga Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudi raisi Mansur IMOMOVdan javob berdi:
— Uy-joy kodeksining 32-moddasiga ko‘ra, uy, kvartira mulkdorining oila a’zolari, shuningdek u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar, agar ularni ko‘chirib kelgan paytda yozma ravishda boshqa hol qayd etilgan bo‘lmasa, uydagi, kvartiradagi xonalardan mulkdor bilan teng foydalanishga haqlidirlar. Ular mulkdor bergan turar joyga o‘zlarining voyaga yetmagan farzandlarini ko‘chirib kiritishga haqlidirlar. Bu shaxslar uy, kvartiraning mulkdori bilan oilaviy munosabatlarni tugatgan taqdirda ham ularda turar joydan foydalanish huquqi saqlanib qoladi.

Mulkdorning turar-joyiga ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsalar, mulkdorning oila a’zosi deb topilishlari mumkin.
Mazkur holatda qayniukangizning xotini eringizning nomida bo‘lgan uy-joyga uy egasining ruxsati bilan kiritilgan (yoki shu uyga kelin bo‘lib tushgan) hamda turar-joy ro‘yxatdan (propiska) o‘tgan bo‘lsa, unda ushbu uyga kirib yashash va foydalanish huquqi mavjud. Kelinning “haqqi” ushbu uyda yashash va foydalanish huquqidan iborat.

Sudning hal qiluv qarori ustidan norozi taraflar yuqori instansiya sudiga, ya’ni apellyasiya sudlov hay’atiga apellyasiya tartibida shikoyat qilishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!