Organizmni shamollashdan himoyalovchi 10 mahsulot

Organizmni shamollashdan himoyalovchi 10 mahsulot

1. SARIMSOQPIYOZ

Immun tizimini mustahkamlaydi, organizmga viruslar bilan kurashish uchun yordam beradi. Bir bo‘lak sarimsoqpiyozni chaynash yoki bo‘lakchalarga bo‘lib yeyish mumkin. U maydalanganda baktrosid antibiotik allisin ajralib chiqadi va og‘iz bo‘shlig‘i hamda ichaklarni bakteriyalardan tozalaydi.

Sarimsoqpiyoz shamollashnioldini olish va ayrim asoratlarni ketkazish uchun ham yordam beradi. Buning uchun bir kunda bir dona sarimsoqpiyoz bo‘lagini iste’mol qilish kifoya.

2. QIZIL BULG‘OR QALAMPIRI

Tarkibida sitruslarga qaraganda ko‘proq S vitamini mavjud bo‘lib, immunitetni mustaxkamlaydi.

3. BROKKOLI

A, S , YE vitaminlar manbai bo‘lib, immun tizimini faollashtiradi

4. NAMATAK

S vitamini manbasi bo‘lib, yallig‘lanishga va infeksiyalarga qarshi kurashish hususiyatiga ega

5. KLYUKVA

A, V, S va K vitaminlariga boy. Yallig‘lanishga qarshi vositadir.

6. ASAL

Terlatuvchi hususiyatga ega. Organizmni kurashuvchanligini oshiradi.

7. SABZI

Tarkibida A vitamini mavjud bo‘lib, organizmning shamollash va infeksion kasalliklariga qarshi kurashish qobiliyatini oshiradi.

8. YOGURT VA KEFIR

Organizmdagi mikroflorani mustahkamlaydi, immunitetni faollashtiradi.

9. SUV

Organizmning kurashuvchanlik qobiliyatini oshiradi, moddalar almashinuvi jarayonini nazorat qiladi.

10. BALIQ VA DENGIZ MAHSULOTLARI

Tarkibida rux moddasi bo‘lib, shamollashning boshlang‘ich belgilari bilan kurashishga yordam beradi.

Shirinxon Siddiqxujayeva tayyorladi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!