Oq uy Bayden va Putin nimalar haqida gaplashishini ochiqladi

Oq uy Bayden va Putin nimalar haqida gaplashishini ochiqladi

16 iyun kuni Jenevada bo‘lib o‘tadigan uchrashuv paytida Rossiya va Amerika rahbarlari Vladimir Putin va Jo Bayden o‘rtasidagi muzokaralarning taxminiy mavzulari aytib o‘tildi.

Mavzular doirasini Oq uy vakili, AQSh Milliy xavfsizlik kengashining Rossiya va Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori Erik Grin bayon qildi, deb xabar beradi “Interfaks”.

Unga ko‘ra, Amerika rahbari strategik barqarorlikni ta’minlash, kiberxavfsizlik va Amerikadagi, Rossiyadagi diplomatik vakolatxonalari faoliyati mavzulariga to‘xtalmoqchi. Shuningdek, Eron, Shimoliy Koreya, Suriya, Afg‘oniston, Arktika, iqlim o‘zgarishi muammosi ham muhokama qilinadi. Bayden, shuningdek, "Rossiyada ushlab turilgan Amerika fuqarolari" masalasini ko‘tarish niyatida va "Rossiyadagi Amerika diplomatik muassasalariga cheklovlarni" muhokama qilishni rejalashtirmoqda, deya qo‘shimcha qildi Grin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!