OPEK nufuzli nashrlar jurnalistlariga o‘z qarorgohiga tashrif buyurishni taqiqladi

OPEK nufuzli nashrlar jurnalistlariga o‘z qarorgohiga tashrif buyurishni taqiqladi

Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPEK) Reuters, Bloomberg va Wall Street Journal jurnalistlariga Venada joylashgan bosh qarorgohiga tashrif buyurishni taqiqladi. Bu haqda Financial Times xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu taqiq Saudiya Arabistoni tashabbusi bilan amalga oshirilgan.

FTning yozishicha, taqiq faqat bitta tadbirda qatnashish uchun joriy qilingan: ushbu nashrlar jurnalistlari shu hafta oxiri OPEK+ yig‘ilishiga qo‘yilmaydi.

4 iyun kuni OPEK mamlakatlari joriy yilning ikkinchi yarmi uchun neft qazib olish siyosatini kelishib olishi kerak. Bunga qanday ehtiyoj borligining sabablari aytilmagan.

Ta’kidlaganishicha, ko‘pincha ommaviy axborot vositalari OPEK yig‘ilishi natijalarini u boshlanishidan oldin e’lon qiladi. Ko‘pgina vazirlar sammit boshlanishidan oldin ham jurnalistlarga izoh beradi: bu neft narxining o‘zgarishiga olib keladi.

23 may kuni Saudiya Arabistoni Energetika vaziri Abdulaziz bin Salmon Al Saud Qatar iqtisodiy forumida neft spekulyatorlariga “ehtiyot bo‘ling” deb ogohlantirdi.

Bu OPEK+ narxlarni oshirish uchun ishlab chiqarishni qisqartirishi mumkinligi haqidagi qo‘rquvni kuchaytirdi. Bu bayonotdan keyin neft qimmatlasha boshladi: Brent markali neftning iyul fyucherslari narxi 1 foizga, WTI iyul fyucherslari narxi 1,2 foizga qimmatlashdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!