Oltita yirik aeroport modernizasiya qilinadi, xususiy aviakompaniyalar soni 10 taga yetkaziladi

Oltita yirik aeroport modernizasiya qilinadi, xususiy aviakompaniyalar soni 10 taga yetkaziladi

“Tashkent city”dagi “Congress Hall” majmuasida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining o‘n birinchi s’ezdi davom etmoqda.

Partiyadan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev saylovoldi dasturi bilan tanishtirmoqda.

Nomzod yo‘l-transport sohasidagi rejalarga to‘xtaldi:

- aviaqatnovlar soni 4 marta oshiriladi;

Toshkent Samarqand, Navoiy Buxoro yo‘nalishlarida qo‘shimcha tezyurar temir yo‘llari quriladi;

– temir yo‘l sohasiga xususiy sektor jalb qilinib, xizmatlar sifati raqobatbardosh narxlar asosida belgilanadi;

– 6 ta yirik aeroport modernizasiya qilinadi, xususiy aviakompaniyalar soni 10 taga yetkaziladi;

– 2030 yilga qadar tuman markazlaridan har bir qishloqqacha – jami 5,5 ming kilometr sement-beton yo‘llar quriladi va jamoat transporti bilan to‘liq qamrab olinadi.

Toshkent Samarqand va Toshkent Farg‘ona vodiysi yo‘nalishlarida xususiy sheriklik asosida yangi avtomobil yo‘llari quriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!