Olmaota-Toshkent yo‘nalishidagi avtobusga o‘q otildi

Olmaota-Toshkent yo‘nalishidagi avtobusga o‘q otildi

5 noyabr kuni Chimkentda yo‘lovchi tashuvchi avtobus o‘qqa tutilgan.

Sputnik Qozog‘iston xabar berishicha, Olmaota-Toshkent yo‘lida yuz bergan voqea yuzasidan bir necha Turkiston viloyatida istiqomat quluvchilar qo‘lga olingan.

Xabarda o‘t travmatik quroldan otilgani, avtobus bilan bir yo‘lda ketayotgan yengil avtomobil yo‘lovchilari avtobusga o‘q uzilgani aytilgan.

Gumonlanuvchilar darhol qo‘lga olingan. Ayni damda ularga nisbatan QR Jinoyat kodeksining 293-moddasi bo‘yicha “Bezorilik” jinoiy ish qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov ishlari olib borilmoqda.

Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari travmatik qurolni qanday qilib bezorilar qo‘liga tushganini aniqlash maqsadida surishtirish ishlarini olib borishmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!