Qozog‘iston Geografiya va suv xavfsizligi instituti Tabiiy xavflar laboratoriyasi bosh ilmiy xodimi Nikolay Popov mamlakatda misli ko‘rilmagan suv toshqinlari kuzatilgani sababini tushuntirdi. Bu haqda “Zakon.kz” xabar berdi.
Olimning so‘zlariga ko‘ra, toshqinlarga yog‘ayotgan qor miqdori ham ta’sir qiladi. Bu yil, ayniqsa, Qozog‘istonning shimoliy hududlarida qor yog‘ishi normadan bir necha barobar ko‘p bo‘ldi.
“Shundan kelib chiqib, suv toshqini, birinchi navbatda, bahorda qorning tez erishi bilan bog‘liq va yana bir muhim nuqta: yog‘ingarchilik va tuproq namligi. Agar qordan oldin sovuq bo‘lgan joylarda tuproq muzlasa, u eriganida, suvning daryolarga tez surilishiga imkon beruvchi qatlam paydo bo‘ladi. Buning asosida sel to‘lqini hosil bo‘ladi. Hozirda shunday to‘lqinning Yesil shahri bo‘ylab harakatlanayotganini ko‘ryapmiz”, — dedi u.
Hozirda erigan qor suvlaridan hosil bo‘lgan to‘lqin Jayik daryosi bo‘ylab harakatlanmoqda.
“Toshqin — tabiiy hodisa. Masala shundaki, bu nisbatan kam uchraydigan hodisa. Haqiqatan ham, bu so‘nggi 80 yil ichida kuzatilmagan. Gidrologlar takrorlanuvchanlik va xavfsizlik kabi ma’lumotlar bilan ishlaydi. Ikkinchisi foiz bilan ifodalanadi: masalan, har yuz yilda bir marta yoki har ellik yilda bir marta shunday toshqin sodir bo‘lishi mumkin.
Toshqinlarning barchasi hisoblab chiqilgan. Ammo qachon sodir bo‘lishini oldindan aytish juda qiyin, chunki hozirgi kun prognozi yetarli bo‘lmaydi. Bu alohida holat emas. Shimoliy Yevrosiyo butunlay suv toshqinlari ostida. Rossiya hududida juda ko‘p muammolar bor, shaharlar suv ostida. Bizda ham shunday manzara. Hukumat bunday vaziyatda odamlarni tashlab ketmayotgani, ularning xavfsizligini ta’minlash uchun barcha kuch va vositalarni yo‘naltirgani quvonarlidir”, — deya xulosa qildi olim.
Qozog‘istonning Eurasia sug‘urta kompaniyasi hisob-kitoblariga ko‘ra, toshqin oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan zarar taxminan 6 milliard tengeni tashkil qilishi mumkin. Rasmiylar hozircha bu borada rasmiy ma’lumot bermagan. To‘qayev suv toshqini tufayli Ostona xalqaro forumini bekor qilgan. U bu qarorni vayronagarchilik oqibatlarini bartaraf etish uchun mablag‘ni tejash zarurligi bilan asoslagan. Forum joriy yilning 13—14 iyun kunlari bo‘lib o‘tishi kerak edi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.
Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.
Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.
Россия томонидан Киевга уюштирилаётган ҳужумлар кучайгани сари, Украина пойтахтидан қочаётган фуқаролар сони ҳам ормоқда, деб ёзади Германиянинг NTV нашри.
Эрон расмийлари ушбу ҳужумларни халқаро ҳуқуқ ва журналистлар хавфсизлигига қарши жиноят сифатида баҳоламоқда. Ҳодисалар халқаро ҳамжамият томонидан кескин қораланиши мумкин.
Шовот тумани Фавқулодда вазиятлар бўлими ходими ҳам ўзганинг ишончига кириб, ички ишлар органларидаги танишлари орқали унга ҳайдовчилик гувоҳномаси олиб беришини айтиб, эвазига 1400 АҚШ доллари ва 1 млн 300 минг сўм олганлик ҳолати ҳужжатлаштирилди.