Olaf Sholsning kansler lavozimiga kirishish sanassi ma’lum bo‘ldi

Olaf Sholsning kansler lavozimiga kirishish sanassi ma’lum bo‘ldi

Germaniyada koalisiya hukumati to‘g‘risidagi bitim imzolandi. Unga ko‘ra, ikki haftadan so‘ng Olaf Shols kansler lavozimiga kirishadi

Germaniyaning uchta partiyasi — Germaniya sosial-demokratik partiyasi, "Yashillar" va "Erkin demokratlar" koalisiya tuzishga kelishib oldilar. Bu haqda Deutsche Welle xabar bermoqda.

Germaniya sosial-demokratik partiyasi a’zosi Olaf Shols yangi kansler etib tayinlandi. Uning saylanish jarayoni taxminan ikki hafta ichida, 8 dekabrda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Der Spiegel nashrining yozishicha, "Yashillar" hamraisi Annalena Berbok Tashqi ishlar vaziri lavozimini egallaydi. Ilgari u bir necha bor "Shimoliy oqim 2" gaz quvuri qurilishiga qarshi chiqqan edi. Erkin demokratlar rahbari Kristian Lindner yangi moliya vaziri bo‘lishi aytilgan.

63 yoshli Olaf Shols so‘nggi uch yil davomida Angela Merkel hukumatida kansler o‘rinbosari va moliya vaziri lavozimlarida ishlagan.

Germaniyada saylovlar 26 sentyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Germaniya sosial-demokratik partiyasi, "Yashillar" va "Erkin demokratlar" o‘rtasidagi koalisiya muzokaralari oktyabr oyi oxiridan beri o‘tkazilmoqda.

Merkel vakili bo‘lgan XDI/XII bloki 2005 yildan beri birinchi marta hukmron koalisiya tarkibiga kirmadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!