Katta miqdordagi kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida joylashgan “Chinor” yo‘l-patrul xizmati maskanida Cobalt avtomashinasi to‘xtatilib tekshirilgan. Oqibatda mashina haydovchisi va unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan fuqaro 10 ming 864 dona “Regapen” hamda 1995 dona “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini Toshkent shahriga olib ketayotgani ma’lum bo‘lgan.
So‘ngra tezkor tadbir davom ettirilib, Sergeli tumanida ushbu dori vositalarini qabul qilib olgan vaqtlarida Yashnabod tumanida yashovchi ayol va Uchtepa tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro ushlangan.
Shuningdek, Bektemir tumanida to‘xtab turgan Cobalt mashinasi tekshirilganda, Farg‘ona tumanida yashovchi ikki fuqaro 5450 dona “Regapen” va 466 dona “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini Toshkent shahriga olib kelgani aniqlangan. Ushbu dori vositalari prosessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Yana bir holatda “Namangan – Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan Cobalt avtomashinasi poytaxtga kiraverishdagi “Sharq” YPX maskanida to‘xtatilib tekshirilgan. Oqibatda unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi ayolga tegishli sumkada 590 dona “Selofen” va 478 dona “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlangan.
Tezkor surishtiruv harakatlari davomida u mazkur dori vositalarini Toshkent shahrida kutib turgan ikki fuqaroga olib borib berishi kerakligi ma’lum bo‘lgan. Sergeli tumanida ushbu shaxslar ham dori vositalarini qabul qilib olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, Chilonzor tumanidagi mehmonxonaning ular vaqtincha joylashgan xonasidan 137 dona “Selofen” va 11 dona “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari prosessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu barcha kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari Qirg‘iziston Respublikasidan noqonuniy yo‘llar bilan olib kelingan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Истанбулда Украина билан ўтказилган музокарада Россия ўзининг асосий талабларини маълум қилди. Бу ҳақда Россия делегацияси вакили Владимир Мединский маълум қилди, деб хабар беради Clash Report.
"Агар бугун сионистик режим ўз адашуви туфайли аҳмоқлик қилиб тажовуз қилишга журъат этса, шубҳасиз, ўзининг заиф ва кичик ҳудудига қақшатқич ва қатъий жавоб олади".
Таъкидлаш лозимки, гуруҳ етакчиси ва аъзоларининг 4 нафари муқаддам содир этган жиноятлари учун умрининг маълум бир қисмини панжара ортида ўтказган бўлсаларда, ўз хатоларидан тўғри хулоса чиқаришмаган.
Япониянинг Киото шаҳридаги ATR “Computational Neuroscience” лабораторияси томонидан инсон онгининг сирли олами — тушларни ёзиб олиш ва уларни қайта тиклаш бўйича илғор технология ишлаб чиқилди.
Япониянинг Киото шаҳридаги ATR “Computational Neuroscience” лабораторияси томонидан инсон онгининг сирли олами — тушларни ёзиб олиш ва уларни қайта тиклаш бўйича илғор технология ишлаб чиқилди.
Марказ Марказий Осиё минтақасида илмий тадқиқотлар, мутахассисларни тайёрлаш, технологиялар ва тажриба алмашиш, шунингдек, «ёшил» ва барқарор ривожланишни тарғиб қилиш учун платформа бўлади.
Ижтимоий тармоқларда Сурхондарё вилоятида етиштирилган қовун маҳсулотларида гўёки нитрат миқдори меъёрдан ортиқ экани ва уни истеъмол қилган фуқаролар заҳарланаётгани ҳақида хабарлар тарқалди.