Og‘ir atletika. Doston Yoqubov Doha Gran-Prida munosib ishtirok etdi

Og‘ir atletika. Doston Yoqubov Doha Gran-Prida munosib ishtirok etdi

Qatar poytaxti Doha shahrida o‘tayotgan xalqaro Gran-Pri turnirida erkaklar o‘rtasida hamyurtimiz Doston Yoqubov -73 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etdi.

«A» guruhida kurash olib borgan vakilimiz dast ko‘tarishda 145 kg natija bilan 8-o‘rinni, siltab ko‘tarishda 182 kg natija bilan 4-o‘rinni, ikki kurash yakuniga ko‘ra esa 327 kg natija bilan 6-o‘rinni egalladi.

Sportchimizga kelgusi musobaqalarda muvaffaqiyat tilab qolamiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!