Odam olib qochgan bezorilardan biri qo‘lga olindi

Odam olib qochgan bezorilardan biri qo‘lga olindi

Avvalroq, Toshkent shahar IIBB Uchtepa tumanida zo‘rlik bilan odam qochgan shaxslarni qidiruvga bergani haqida xabar bergan edik.
 
Bugun, 18 avgust kuni Qidiruvga berilgan ikki gumonlanuvchidan biri 31 yoshli Nuriddinov Bekzod qo‘lga olingan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.
 
Ikkinchi gumonlanuvchi 1991 yil tug‘ilgan Shohruh Jo‘rayevni qidirish ishlari davom etyapti.
 
“Ushbu shaxslar internetda tarqalgan videodagi voqeaning asosiy ishtirokchilari hisoblanadi. Ularning manzili haqida ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolardan: 102 yoki 272 98 39,  231  95 13,  362 51 14 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishlarini so‘raymiz”, deyiladi IIBB xabarida.
 
Toshkent shahar IIBB qo‘ng‘iroq egasining shaxsi oshkor qilinmasligini kafolatlaydi.

Manba: qalampir.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!