OCHL. "Navbahor" Jiddada "Al-Ittihod"ga mag‘lub bo‘ldi

OCHL. "Navbahor" Jiddada "Al-Ittihod"ga mag‘lub bo‘ldi

Osiyo chempionlar ligasining 2023/2024 yilgi mavsumi O‘zbekiston klublari uchun yakunlandi. «Navbahor» bugun safarda Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubiga qarshi nimchorak final bahsini o‘tkazib, imkoniyatni boy berdi.

Uchrashuvning 25-daqiqasida Karim Benzema o‘z darvozasini ishg‘ol qilib, bizga berib yuborgandi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan so‘nggi 6-daqiqa yakunlanayotgan paytda mezbonlar hisobni tenglashtirishdi. Burchakdan yetkazilgan to‘p yo‘nalishini Benzema bosh bilan o‘zgartirdi, Hamidulloh esa yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qildi.

Ikkinchi bo‘limga tugashiga 4 daqiqa qolganida esa bu safar "Navbahor" futbolchisi avtogol muallifi bo‘ldi. Burchakdan yetkazilgan uzatmani qaytarish chog‘ida to‘p Tabatadzening oyog‘iga tegib, darvozaga kirib ketdi.

Shu tariqa, "Navbahor" ham OCHLdagi ishtirokini shu bosqichda to‘xtatdi.

Osiyo Chempionlar ligasi.
Nimchorak final. Ikkinchi o‘yin
«Al-Ittihod» - «Navbahor» - 2:1 (1:1)
Gollar: Abdulrazzoq Hamidulloh (45+6), Toma Tabatadze (86-avtogol) — Karim Benzema (25-avtogol)
«Al-Ittihod»: 1. Abdulloh al-Mayuf, 7.NGolo Kante, 8.Fabinyo, 9. Karim Benzema (Sulton Farhan 90+4), 15.Hasan Kadish, 16.Faysal Al-G‘amdiy (Marvan as-Sahafiy 71), 17.Marvan as-Sahaf, 26.Ahmed Xezagiy (Soliy al-Amriy 71), 30.Saad al-Musa, 37.Famaz Al-Yamiy, 99.Abdurazzoq Hamdallah,
«Navbahor»: 1.O‘tkir Yusupov (s), 9.Odiljon Hamrobekov, 10.Jamshid Iskanderov (Azim Ahmedov 90+7), 11.Ruslanbek Jiyanov (Ibrohim Yo‘ldoshev 90+1), 13.Filip Ivanovich, 14.Jamshid Boltaboyev, 17.Abrorbek Ismoilov (Giorgi Nikabadze 90+1), 23.Yovan Jokich, 34.Farruh Sayfiyev, 77.Asadbek Sobirjonov, 91.Toma Tabatadze (Haqnazariy 90+1).
Hakamlar: Ko Xyun Jin, Xon YaYE Yol, Park Sangjun, Kim Vu Sung;
VAR hakami: Kim Jong Xyok;
AVAR: Kim Xi Gon.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!