OAV: Tramp 2016 yilgi prezidentlik saylovlari oldidan pora berganlikda ayblanmoqda

OAV: Tramp 2016 yilgi prezidentlik saylovlari oldidan pora berganlikda ayblanmoqda

Donald Tramp 2016 yilgi prezidentlik saylovlari oldidan pora berganlikda ayblanmoqda. Bu haqda The New York Times xabar berdi.

AQShning sobiq prezidenti saylovlar arafasida jim turishi uchun pornografik aktrisaga pul to‘laganlikda ayblanmoqda. Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, Tramp u bilan 2000 yillar boshida jinsiy aloqada bo‘lgan. Tramp buni rad etdi va ta’qibni siyosiy xarakterga ega deb atadi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, ayblovlar tafsilotlari bir necha kun ichida Manxetten okrugi prokurori ixtiyoriga ko‘ra e’lon qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!