Nursulton Nazarboyevning sovg‘asi auksionda sotildi

Nursulton Nazarboyevning sovg‘asi auksionda sotildi

1992 yilda Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev Rossiyaning birinchi prezidenti Boris Yelsinga sovg‘a qilgan qilich «12-stul» onlayn-auksionida 190 ming rublga (27 million so‘m atrofida) sotildi. Bu haqda bugun, ya’ni 10 iyul kuni «Komsomolskaya pravda» xabar berdi.

Qilichdagi metall plastinkaga: «Rossiya prezidenti Boris Nikolayevich Yelsinga Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevdan 12.06.92 y.», deb yozib qo‘yilgan. Ta’kidlanishicha, Qozog‘iston rahbari shu tariqa Yelsinni Rossiya mustaqillik kuni (hozirgi Rossiya kuni) bilan tabriklagan.

Qilich o‘sha yili 1940-yillardagi qurol namunasi asosida tayyorlangan. U ichi binafsha rang mato bilan qoplangan yog‘och qutida saqlanadi. Qutining qopqog‘iga Rossiya va Qozog‘istonning zarhal gerblari tushirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!