Nukusda poyezd "Damas" bilan to‘qnashdi. 3 kishi kasalxonada

Nukusda poyezd "Damas" bilan to‘qnashdi. 3 kishi kasalxonada

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 25 avgust kuni soat 08:00 larda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahar hududidan o‘tuvchi A 380 avtomobil yo‘lining 767-kilometrida haydovchi 1992 yilda tug‘ilgan S.B. “Damas” rusumli avtomobilni 6 nafar yo‘lovchi bilan boshqarib ketayotib, temir yo‘l kesishmasi orqali harakatlanish qoidalarini buzishi oqibatida teplovoz tortib kelayotgan poyezd vagoni bilan to‘qnashgan.

Natijada, ushbu avtomobil haydovchisi va 3 nafar yo‘lovchisi tan jarohati olib shifoxonaga murojaat qilishgan.

Mazkur to‘qnashuv yuzasidan Nukus shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Joriy yilning 19 avgust kuni Andijon shahrida "Lasetti" haydovchisi temir yo‘l kesishmasini to‘suvchi qurilmaga urilgani haqida xabar berilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!