Norov Xitoy elchisi bilan muzokara o‘tkazdi

Norov Xitoy elchisi bilan muzokara o‘tkazdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Xitoy Xalq Respublikasining Favqulodda va Muxtor elchisi Szyan Yanni qabul qildi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston-Xitoy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Xususan, tomonlar XXR Davlat Kengashi a’zosi, tashqi ishlar vaziri Van I ning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi chog‘ida va Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari Kengashi yig‘ilishi doirasida erishilgan kelishuvlar natijalarini yuqori baholadilar.

O‘zbekistonning SHHTga raisligi doirasida rejalashtirilgan qo‘shma tadbirlarga tayyorgarlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!