Nodirbek Yakubboyev Toshkentdagi superturnirda g‘alaba qozondi

Nodirbek Yakubboyev Toshkentdagi superturnirda g‘alaba qozondi

Toshkent shahrida shaxmat bo‘yicha «UzChess Cup» superturniri o‘z yakuniga etdi.

Mukofot jamg‘armasi 166 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi musobaqaning «Masters» guruhida hamyurtimiz Nodirbek Yakubboyev so‘nggi turda xitoylik Yu Yangyiga qarshi bahsda durang qayd etdi va umumiy hisobda 5,5 ochko jamg‘ardi. U shuncha ochko jamg‘argan Nodirbek Abdusattorovdan qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga oshib ketdi va chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Demak, Nodirbek Yakubboyev 1, Nodirbek Abdusattorov esa 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Kuchli uchlikka esa 5 ochko to‘plagan xitoylik Yu Yangyi yakun yasadi.

Ushbu g‘alaba orqali Nodirbek Yakubboyev 25 ming dollarga ega bo‘ldi. Abdusattorov esa 20 ming dollarni qo‘lga kiritdi. Xitoylik Yangyi esa 15 ming dollar bilan ketadigan bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!