Nishonda "Cobalt" va "Lacetti" ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Nishonda  "Cobalt" va "Lacetti" ishtirokida  YTH  sodir bo‘ldi

⚡️Joriy yilning 30 avgust kuni soat 14:00 larda Qashqadaryo viloyati, Nishon tumani, Paxtakor MFY hududidan o‘tgan 4R-89 avtomobil yo‘lining 18-kilometrida haydovchi, 1993 yilda tug‘ilgan R.SH. boshqaruvidagi "Cobalt" rusumli hamda haydovchi, 1959 yilda tug‘ilgan B.A. boshqaruvidagi "Lacetti" rusumli avtomobillar ishtirokida YTH sodir bo‘lgan.

🔹Natijada, "Cobalt" rusumli avtomobil yo‘lovchisi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

❗️Mazkur YTH yuzasidan Nishon tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

‼️Barcha haydovchilardan qoidalarga, tezlik me’yoriga rioya qilishlarini so‘raymiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!