Nikohsiz tug‘ilgan bolaga aliment to‘lanadimi?

Nikohsiz tug‘ilgan bolaga aliment to‘lanadimi?

— Nikohsiz tug‘ilgan bolaga aliment to‘lanadimi? (M.K. Toshkent viloyati, Krasnogorsk shaharchasi)

— Oila kodeksiga muvofiq, agarda farzand otasi tomonidan tan olinib, farzandning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasida otasi haqidagi ma’lumotlarda uning ismi sharifi aksf ettirilgan bo‘lsa, undan aliment talab qilish mumkin. Bunda nikohning rasman qayd etilgan etilmaganligining ahamiyati yo‘q.

Agarda, farzand otasi tomonidan tan olinmagan va uning tug‘ilganlik guvohnomasiga otasining ismi-sharifi kiritilmagan bo‘lsa, bunda aliment undirish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim:

Otalikni belgilash:

? farzandni otasi tan olgan holda – birgalikdagi ariza bilan FHDYo organlari orqali; 

? otasi otaligini tan olmagan bo‘lsa – sudga murojaat qilish orqali.

Bunda sudga otalikni belgilash haqidagi ariza bilan birgalikda aliment undirish haqidagi ariza bilan ham murojaat etish lozim bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!