Nigeriyadagi portlashda 27 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyadagi portlashda 27 kishi halok bo‘ldi

Nigeriya markazidagi qishloqda sodir bo‘lgan portlashda kamida 27 kishi halok bo‘ldi va ko‘plar yaralandi. Franse-Presse agentligining mahalliy polisiyaga tayanib xabar berishicha, halok bo‘lganlarning barchasi chorvadorlar bo‘lib, portlash paytida qoramollari bilan birga Nasarava va Benuye shtatlari chegarasidagi Rukubi qishlog‘ida bo‘lishgan.

“Biz portlashda 27 kishi va bir nechta qoramollar halok bo‘lganini aniqladik. Yana ko‘plab odamlar yaralandi, qidiruv davom etar ekan, qurbonlar soni ortishi mumkin”, dedi Nasarava polisiyasi komissari Mayaki Muhammad Baba "RIA Novosti" agentligiga bergan bayonotida.

Uning qo‘shimcha qilishicha, portlovchi moddalar bo‘yicha mutaxassislar halokat sabablarini o‘rganishmoqda.

Mahalliy chorvachilik assosiasiyasi vakili Laval Dano portlash Nigeriya harbiylari tomonidan amalga oshirilgan havo hujumi tufayli sodir bo‘lgan deb hisoblaydi. U voqea holatlarini to‘liq o‘rganishga chaqirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!