Niderlandiyada rossiyalik ikki josus qo‘lga olingan - OAV

Niderlandiyada rossiyalik ikki josus qo‘lga olingan - OAV

Niderlandiya hududida rossiyalik ikki nafar josus qo‘lga olindi, ular o‘z vataniga yuborilgan. Bu haqda NRC Handelsblad xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, ushbu holat 2018 yilning boshida yuz bergan. Biroq, OAV ro‘y bergan hodisani faqatgina sentyabr oyida bilib qolgan. Rossiyalik josuslar qachon qo‘lga olinganiga aniqlik kiritilmayapti.

Nashr manbalari so‘zlariga ko‘ra, josuslar Shpis shahrida joylashgan Shveysariya laboratoriyasiga yo‘l olayotgan bo‘lgan. U Solsberida GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliyaning zaharlanishi bilan bog‘liq holatni tekshiruv o‘tkazmoqda.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!