Niderlandiya Ukrainaga o‘zining F-16 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish yoki bermaslik haqida hali qaror qilgani yo‘q

Niderlandiya Ukrainaga o‘zining F-16 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish yoki bermaslik haqida hali qaror qilgani yo‘q

Niderlandiya Ukrainaga F-16 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqmoqda, biroq hali yakuniy qarorga kelmagan, dedi bosh vazir Mark Ryutte.

Joriy hafta Niderlandiya rasmiylari ukrainalik uchuvchilarni F-16 qiruvchi samolyotlarida imkon qadar tezroq o‘qitishni boshlashni xohlashlarini aytdi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ryutte va Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak Ukrainaga jangovar samolyotlar yetkazib berish bo‘yicha koalisiya tuzilgani haqida ma’lum qilgandi.

Biroq jurnalistlarning Niderlandiyaning o‘zi F-16 qiruvchilarini jo‘natadimi, degan savoliga Rutte bu borada hali qaror qabul qilinmaganini va bu Vashingtonning bunga roziligiga bog‘liqligini aytdi.

Prezident Jo Bayden o‘tgan hafta G7 yetakchilariga Qo‘shma Shtatlar ukrainalik uchuvchilarni tayyorlash bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashini aytdi. Oq uy, shuningdek, F-16 samolyotlarining boshqa mamlakatlardan Ukrainaga reeksport qilinishiga to‘sqinlik qilmasligini ham ochiq aytdi.

Ruttening ta’kidlashicha, o‘quv missiyasining boshlanishi muhim bosqichdir, ammo samolyotlarni haqiqatda jo‘natish bo‘yicha muhokamalar alohida o‘tkazilishi kerak.

Rutte Niderlandiyada 2024 yilda beshinchi avlod F-35 qiruvchi samolyotlari bilan almashtirilishi rejalashtirilgan F-16 samolyotlari parkiga ega ekanligini tan oldi, biroq u jurnalistlarning F-16 samolyotlarini yetkazib berish borasidagi aniqlik kirituvchi savollariga vazminlik bilan javob berdi. Ukraina, deb yozadi CNN.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!