Netanyaxu “G‘azo jallodi” sifatida tarixga kiradi - Erdo‘g‘an

Netanyaxu “G‘azo jallodi” sifatida tarixga kiradi - Erdo‘g‘an

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahu “G‘azo jallodi” sifatida tarixga kiradi. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an mamlakat parlamentidagi chiqishi chog‘ida aytib o‘tdi.

"G‘azo sektoridagi eng katta vahshiyliklaridan birini amalga oshirgan Netanyahu allaqachon o‘z nomini tarixga "G‘azo jallodi" deb yozdi", dedi Turkiya rahbari.

Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, Netanyahu ma’muriyatining bayonotlari G‘azo sektoridagi gumanitar pauza doimiy o‘t ochishni to‘xtatishga aylanishi haqidagi umidlarni kamaytiradi.


Shuningdek, u Isroil va HAMAS o‘rtasidagi mojaro fonida Anqara imkon qadar ko‘proq mahbuslarni ozod qilish va o‘t ochishni to‘xtatish rejimini doimiy qilish uchun aloqalarni faollashtirish niyatida ekanligini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!