Nega jonli ijro chorloviga javob beradigan san’atkorlar kam?

Nega jonli ijro chorloviga javob beradigan san’atkorlar kam?

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan joriy yilning 29 sentyabr kuni poytaxtimizdagi “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi yonidagi maydonda gala konsert tashkil etiladi. Uning o‘ziga xosligi, xonandalar faqat jonli ijroda qo‘shiq aytishidir.

Bundan bir necha yil muqaddam yurtimizda jonli ijro targ‘iboti, bu yo‘nalishni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga oid “Mardu maydon“ festivali muvaffaqiyatli amalga oshirilgan edi.
Loyiha san’atkorlar, ayniqsa, yosh xonandalarni ko‘proq izlanishga, musiqiy texnika, hojatbaror kompyuterning “mo‘’jizakor“ imkoniyatlari emas, balki o‘z kuchi va salohiyati, iste’dodi, ovoz imkoniyatlariga tayanishga chorlashi bilan ahamiyatli bo‘lgandi.

“O‘zbekkonsert“ davlat muassasasi xabariga ko‘ra, endilikda jonli ijroda san’atsevar o‘zbek xalqiga o‘z qo‘shiqlarini taqdim etishni istagan xonandalar bu konsert dasturida ishtirok etishi mumkin.

Bugungacha konsert dasturida 10 nafar estrada xonandasi ishtirok etish istagini bildirgan.

 
Manba: uza.uz

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!