Navoiyda veterinariya-sanitariya talablariga zid ravishda olib ketilayotgan 900 kilogrammga yaqin go‘sht mahsulotlari aniqlandi

Navoiyda veterinariya-sanitariya talablariga zid ravishda olib ketilayotgan 900 kilogrammga yaqin go‘sht mahsulotlari aniqlandi

Xususan, joriy yilning 25 iyul kunidan 26 iyul kuniga o‘tar kechasi soat taxminan 00:20 larda Navoiy viloyati Karmana tumanida joylashgan «Samarqand» YPX maskanida «Buxoro -Toshkent» yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumanida 1991 y.t. M.A. boshqaruvidagi "ISUZU" rusumli avtotransport vositasi Navoiy viloyati IIB YHXB va PPX va JTSB Karantin tadbirlarini ta’minlash bo‘linmasi xodimlari tomonidan to‘xtatib tekshirilganda, avtomobil yukxonasida jami taxminan 850-900 kg kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan 180 kg yirik shoxli mol go‘shti hamda 720 kg mayda shoxli mol go‘shti Toshkent shahriga olib ketilayotganligi aniqlangan.

Ushbu olib ketilayotgan mahsulotlarning sifatiga aniqlik kiritish maqsadida viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi hamda mas’ul xodimlar tomonidan tekshirilganda, fuqaro ushbu go‘sht mahsulotlarini Vazirlar Mahkamasining 386-son qarori talablarini buzgan holda (veterinariya-sanitariya qoidalari talablariga zid ravishda) Toshkent shahriga sotish maqsadida olib ketayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Holat yuzasidan o‘rnatilgan tartibda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 109-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Eslatib o‘tamiz, barcha toifadagi hayvonlar so‘yilganidan so‘ng ularning go‘shti va boshqa mahsulotlarini veterinar ekspertizadan o‘tkazilishi shart.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!