Navoiyda uka o‘z akasining yuziga oyoq qo‘ydi

Navoiyda uka o‘z akasining yuziga oyoq qo‘ydi

2020 yilning 15 dekabr kuni 1969 yilda Nurota tumanida tug‘ilgan "Sentob" MFYda yashovchi I.T. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, 2020 yilning 8 dekabr kunidan 13 dekabr kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida, noma’lum shaxs unga tegishli bo‘lgan Sentob qishlog‘i hududida joylashgan mol otariga kelib, atrofda o‘tlab yurgan, narxi 25 mln. so‘mlik yigirma bosh mayda shoxli mollarini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan. Holatga aniqlik kiritish maqsadida, tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tergov-surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni, arizachi I.T.ning o‘z ukasi, 1975 yilda tug‘ilgan, Nurota tumani "Sentob" MFYda ro‘yxatda turib, hozirda Sirdaryo viloyati "Sayxunobod" tumanida yashovchi, muqaddam sudlanmagan, vaqtincha ishsiz SH.T. sodir qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan SH.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!