Navoiyda simyog‘ochga chiqqan yigit tok urishidan halok bo‘ldi

Navoiyda simyog‘ochga chiqqan yigit tok urishidan halok bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyatining Navbahor tumanida simyog‘ochda yuqori kuchlanishli tok urgan yigit halok bo‘lgani haqida video tarqaldi.

«Navoiy hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ axborot xizmati noxush hodisani tasdiqladi.

Qayd etilishicha, fojia joriy yilning 1 avgust kuni soat 09:30 atrofida sodir bo‘lgan.

Navbahor tumani Yangiyo‘l mahallasi Oqtom ko‘chasida O.A. simyog‘ochga elektr qurilmalarni ekspluatasiya qilish uchun chiqib, tok urishi oqibatida halok bo‘lgan.

Aniqlanishicha, O.A. elektr qurilmalarni ekspluatasiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablarini bajarmagan va o‘zboshimchalik bilan tarmoqni o‘chirmasdan simyog‘ochga chiqqan.

Tarmoq «Yangiqo‘rg‘on» podstansiyasidan chiquvchi 10 kilovattli Oxunboboyev shoxobchasiga ulangan transformatordagi avtomatga ulangan. Texnik holati hozirgi kunda qoniqarli ahvolda bo‘lgan.

Shu bilan birga, hodisa joyi xodimlar tomonidan o‘rganilganda xavfsizlik texnikasi va elektr uskunalarni ekspluatasiya qilish qoidalaridan chetga chiqish holatlari aniqlanmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!