Navbahor Hamidovaning raqibi erkak kishi bo‘lib chiqdi

Navbahor Hamidovaning raqibi erkak kishi bo‘lib chiqdi

Hindistonning Nyu-Deli shahrida boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionati bahslari yakunlandi. -66 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Navbahor Hamidova turnirning bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Hamidova musobaqaning chorak finalida jazoirlik Imane Halifga qarshi ringga chiqib imkoniyatni boy bergandi, lekin keyinchalik genetik tekshiruv Imane Halifning erkak kishi ekanligini aniqladi. Halif diskvalifikasiya qilinishi natijasida Hamidovaga bronza medali taqdim etildi.

Qizig‘i, jazoirlik bokschi o‘tgan yilgi Jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritgan. U hatto Olimpiada o‘yinlarida ham qatnashgan, biroq shu paytgacha biror marta mutasaddilar tomonidan genetik tekshiruv o‘tkazish fikri paydo bo‘lmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!