NASAning o‘zga sayyoraliklar haqidagi sirlarini bilgan harbiy vafot etdi. Yoki uni o‘ldirishdimi?

NASAning o‘zga sayyoraliklar haqidagi sirlarini bilgan harbiy vafot etdi. Yoki uni o‘ldirishdimi?

AQShning iste’fodagi serjanti Karl Volf, mahalliy "The Sun" gazetasining xabar berishicha, avtofalokat tufayli halok bo‘lgan. Velosiped boshqara turib, traktor bilan to‘qnashib ketgan. Jarohatlarning ko‘pligi va ancha jiddiyligi bois harbiy kasalxonada vafot etgan.

Bir qarashda o‘lim baxtsiz hodisa natijasida yuz bergan. Biroq konspirologlar NASA maxfiy ma’lumotlarini, aynan o‘zga sayyoraliklar bilan bog‘liq sirlarni ochiqchasiga aytgani uchun uni o‘ldirishgan, deb hisoblashmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Karl 2001 yilda NASA Oyda insonlar tomonidan yaratilmagan g‘ayrioddiy qurilmalarni topganligini, keyin esa 60-yillarda orbitadan jo‘natilgan rasmlarda noodatiy binolarni ham ko‘rganini ta’kidlagan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!