Namanganda maktab direktori o‘qituvchining yuziga "kalla qo‘ydi"

Namanganda maktab direktori o‘qituvchining yuziga "kalla qo‘ydi"

Namanganda maktab direktori o‘qituvchining yuziga boshi bilan urdi. Bu haqda Namangan viloyati IIB xabar berdi.

"Holat yuzasidan Kosonsoy tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida Joriy yilning 28 fevral kuni soat 09.30 larda Kosonsoy tuman XTBga qarashli 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 1980 yilda tug‘ilgan maktab direktori va 1959 yilda tug‘ilgan o‘qituvchi o‘rtasida kelib chiqqan o‘zaro nizo natijasida direktor o‘qituvchining yuz qismiga boshi bilan bir marotaba urib, tan jarohati yetkazganligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jabrlanuvchining arizasiga asosan tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, tergov yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi", deyiladi manbada.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!